18.06.2025 08:20
61

Eron qoidalarni oʻzgartirmoqda: tinkasi qurigancha urush, psixologik bosim va texnologik ustunlik


Eron Islom Respublikasi sionistik rejimga nisbatan bir qator aniq zarbalarni amalga oshirdi va gibrid urushning yangi bosqichini ochib berdi. 

Keng qamrovli hujumlar oʻrniga — aniq nuqtalarga, oʻylangan va kutilmagan zarbalar bilan dushmanni tezkor javob berish qobiliyatidan mahrum etmoqda. Hatto dushman elita qismlari ham hujumdan gʻaflatda qoldi — zarbalar “Temir gumbaz” tizimini chetlab oʻtdi, sirenalar jim boʻldi, raketa va dronlar ogohlantirishsiz nishonlarga etib bordi.

Asosiy maqsad — faqat jismoniy zarar etkazish emas, balki dushmanning maъnaviy ruhini emirishdir. Eron bu mojarodagi eng murakkab radioelektron kurash operatsiyalaridan birini oʻtkazdi: GPS-tuzimini buzish, kiber-diversiyalar, ogohlantirish tizimlaridagi nosozliklar. 

Sionistik OAV xabar berishicha, PVO va aloqa tizimlarida jiddiy uzilishlar kuzatilgan. Tel-Avivga shunday zarba berildiki, hech bir fuqaro sirenani eshitmadi. Qoʻrquv va xaos ham harbiylar, ham koʻchmanchilarni qamrab oldi.

Shu bilan birga, sionistik rejimda axborotni ommaviy bloklash boshlandi: foto va videolar oʻchirila boshlandi, tasvirga olish uchun odamlar qoʻlga olindi, OSINT-kanallar (ochiq razvedka maъlumotlarini chop etuvchi kanallar) yopildi.

Koʻchmanchilarni sukut saqlashga majbur qilishdi, ammo vayronalarni tasvirlovchi kadrlar shunga qaramay tarqalib ketdi va etkazilgan zarba jiddiyligini koʻrsatdi.

Dezorientatsiya panikani kuchaytirdi: hujumlar Tehronga boʻladi, deb kutilgan, butun tumanlarni evakuatsiya qilish chaqiriqlari boʻlgan, ammo Eron raketalari jim-jit holda ishgʻol qilingan hududlardagi nishonlarga etib bordi.

Zarbalar ishgʻolchi armiyaga nafaqat jismoniy, balki psixologik zarar ham etkazdi: askarlar orasida oʻz joniga qasd qilish holatlari, PVO operatorlari orasida ommaviy isteъfolar, ikki fuqarolikka ega koʻchmanchilarning Evropaga va Lotin Amerikasiga qochishi haqida xabarlar bor. 

Frantsiya, Germaniya va Xitoy oʻz fuqarolarini evakuatsiya qilishga tayyorgarlik koʻrishni boshladi. AQSh esa urush boshlangandan beri ilk bor sionistik rejimdagi fuqarolarini ehtimoliy favqulodda evakuatsiya haqida ogohlantirdi.

Sionistik rejim tuzoqqa tushgan: rasmiy shaxslar falokat miqyosini yashirish va aholini ogohlantirish oʻrtasida ikkilanishda qolgan. Aholi — qoʻrquvda, harbiylar — adashgan holatda. Keyingi zarbalar istalgan vaqtda boʻlishi mumkin va hech kim ular qaerdan kelishini bilmaydi.

Eronning strategiyasi — kuchli bir zarba emas, balki koʻplab qisqa, aniq zarbalar. Har bir toʻlqin infratuzilmani yoʻq qiladi, dushmanni demoralizatsiya qiladi, resurslarni eritadi va panika tarqatadi. Bu faqat hujum emas — toʻliq psixologik muhosaradir.

Eron sionistik rejimning barcha hujum bilan qilingan urinishlarini qaytardi. Dronlar urib tushirildi, “Mossad” agentlari qoʻlga olindi, diversiyalar oldi olindi. Milliy telekanal IRIB'ga qilingan hujum ham muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Eron koʻrsatdi: mamlakat ichida nazorat har qachongidan ham kuchli.

Radarlarga koʻrinmaydigan yangi avloddagi Eron dronlari ishgʻol qilingan hududlar ichiga chuqur kirib borib, oʻlim va vayronagarchilik keltirdi. Hatto bir toʻlqin “qoʻriqlangan” obъektni — yaъni ilgari daxlsiz deb hisoblangan joyni — urib tushirdi. Ishgʻolchi rejimning “daxlsizligi” haqidagi afsona parchalana boshladi.

Eron tezkorlik emas, chalgʻituvchi va etishmovchilik keltiruvchi kurashga eъtibor qaratmoqda. Har bir hujum — ishgʻol qilingan hududlarda ichki vaziyatni beqarorlashtirish sari qadam. Qoʻrquv, ishonchsizlik, qochish va magʻlubiyat hissi — raketa kabi samarali qurolga aylanmoqda.

Sionistik rejim nazoratni yoʻqotmoqda. Hatto AQSh ham Trampga bosim oʻtkaza boshladi. U Eronga tahdid qiluvchi bayonotlar bergan, ammo keyin ularni oʻchirib tashlagan. Bu ichki nizo va oqibatlardan qoʻrqishni koʻrsatadi.

Manbalarga koʻra, keyingi nishonlar — oldin chetlab oʻtilayotgan noqonuniy koʻchmanchi mahallalar boʻlishi mumkin. 

Eron aniq bildirdi: agar rejim fuqarolarni harbiy hududlardan evakuatsiya qilmasa, oqibatlar uchun javobgarlik uning zimmasida boʻladi.

Numon Abdulmajid, [17.06.2025 19:15]
Mojaro yangi bosqichga chiqmoqda. Eron texnologik ustunlik, kiber qurol va psixologik bosimni asosiy kurash vositasi sifatida qoʻllamoqda. Dunyo shunday davrga kirib bordiki, u erda qoʻrquv raketalardan ham kuchli taъsir qilmoqda.

Manba: Eron axborot resurlari

Mavzuga aloqador