18.06.2025 06:25
39
"Andijon doʻppisi" geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatga olindi
"Andijon doʻppisi" geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Adliya vazirligining xabar berishicha, "Andijon doʻppisi" bosh kiyimi oʻzining yuqori sifatli matolari, nozik naqshlari, oʻziga xos shakli, shuningdek, ramziy va estetik mazmuni bilan ajralib turadi. U viloyatning hunarmandchilik anъanalari, kashtachilik maktabi va madaniy ramzlariga asoslangan boʻlib, xalq orasida oʻziga xos hurmat va mavqega ega.
Geografik koʻrsatkich sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishi Andijon doʻppisining kelib chiqish manbasini belgilaydi hamda uning sifati va madaniy qiymatini huquqiy jihatdan himoya qiladi.
Maъlumot uchun, geografik koʻrsatkich – bu mahsulotning maъlum hududga xosligi va aynan shu hudud tabiiy, insoniy, tarixiy omillari bilan bogʻliq alohida sifatlarga ega ekanini bildiruvchi intellektual mulk obъekti hisoblanadi.