-
Rossiya Bosh prokuraturasining Federal xavfsizlik, millatlararo munosabatlar, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonunlar ijrosini nazorat qilish boshqarmasi prokurori Dmitriy Vagurin jamiyatda chet ellik va muhojirlarga nisbatan nafrat sunʻʻiy ravishda qoʻzgʻatilayotgani va bu mamlakatning barbod boʻlishiga olib kelishi mumkinligini taʻʻkidladi. Shuningdek, u Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlarni biznes sohalarini egallab olish, Rossiya iqtisodiyoti va oʻziga xosligiga zarar etkazishda aybladi.
-
Masjidlarda diniy taʻʻlim butun dunyoda bor, deyarli barcha mamlakatda topiladi, diniy tashkilotlarga oid qonunlarda bu vakolat kafolatlab qoʻyilgan. Bu borada dunyo ilgʻorlab ketgan va hech qaerda bu taʻʻlimdan muammo chiqqani qayd qilinmagan. Agar qearda Islomni oʻrganish sababli muammo chiqsa, yo taʻʻlim uslubi yaroqsiz, yoki maqsad oʻzi shunga qaratilgan boʻladi. Sof Islom taʻʻlimida hech bir jamiyat uchun zarar boʻlishi mumkin emas.
-
Soʻnggi oʻn yillikda urush va inqirozlar tufayli murakkab vaziyat ichida qolgan Afgʻoniston Islom Amirligi oʻrtacha ish haqida boʻyicha 205 dollarlik koʻrsatkich bilan Tojikiston (169 dollar), Pokiston (163 dollar), qariyb barcha Afrika mamlakatlari va Venesuelani (199 dollar) ham ortda qoldirdi. Oʻzbekiston esa 351 dollarlik koʻrsatkich bilan Markaziy Osiyoda Qozogʻiston va Turkmanistondan (mos ravishda 673 va 654 dollar) keyin uchinchi oʻrinni egalladi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 264 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Islom taraqqiyot banki (ITB) Qirgʻizistonda 112 ming kv.metr davlat ipoteka uy-joylarini qurish uchun 79 million dollar ajratdi. Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qoʻmitasi 2024 yil 26 aprelda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida imzolangan "Shariat standartlari boʻyicha arzon uy-joylarni moliyalashtirish" loyihasi boʻyicha Qirgʻiziston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi kredit shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda maʻʻqullagan.
-
Dogʻiston rahbari Sergey Melikov “xavfsizlik nuqtai nazaridan” xotin-qizlarning yuzini berkituvchi kiyim, jumladan niqob taqishiga qarshi chiqdi. U burqani "Kavkaz xalqlariga xos boʻlmagan kiyim"ligini aytib, "erkaklar roʻmol ortiga yashirinishi, ayollar esa taqiqlangan narsalarni olib yurishi"ni qoʻshimcha qilgan.
-
Isroil Oliy sudi bir ovozdan ulʻtraortodoksal erkaklarni majburiy harbiy xizmatga chaqirish boʻyicha qaror chiqardi. Shu paytgacha ulʻtraortodoksal yahudiylar majburiy harbiy xizmatdan ozod qilingan edi. Tahlilchilarga koʻra, yangi tartib Netanʻyaxu hukmron koalitsiyasining emirilishiga sabab boʻlishi mumkin.
-
Qurʻʻoni karim - Allohning kalomidir. Undan bir qator gʻaybiy xabarlar ham oʻrin olgan boʻlib, ushbu gʻaybiy xabarlarga bagʻishlangan risolamizning toʻrtinchi qismida firʻʻavnning boshiga kelgan balolar haqida suhbatlashamiz. Toʻrtinchi qism videosini saytimizda tomosha qilishingiz mumkin.
-
26 iyunʻ – Xalqaro qiynoqlar qurbonlarini qoʻllab-quvvatlash kuni. Butun dunyoda qiynoqlar qurbonlarini qoʻllab-quvvatlash xalqaro kuni ayniqsa mojaro zonalarida davom etayotgan qiynoqlar manzarasida nishonlanmoqda.
-
Janubiy Koreyada 5000 dan ortiq kishi Isroil bosh vaziri Benʻyamin Netanyaxu, prezident Isaak Gertsog, TsAXAL rahbari Halevi, mudofaa vaziri Gallant, tashqi ishlar vaziri Kats, moliya vaziri Smotrix va milliy xavfsizlik vaziri Ben Gvirdan iborat etti nafar yuqori martabali amaldorga nisbatan daʻʻvo qoʻzgʻatdi. Ular genotsid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, insonparvarlik ishlariga qarshi urush jinoyatlari hamda Gʻazoda taqiqlangan qurol va mablagʻlardan foydalangan holda urush jinoyatlarini sodir etishda ayblanmoqda.