04.10.2024 13:43
771

Bombalanayotgan Gʻazo: 364-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 364 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.


▪️Bosqinchilar Xon Yunis, Dayr al-Balah va Nusayrat lageriga hujum qildi. Kun davomida 9 falastinlik halok boʻldi.

▪️Urush boshlanganidan buyon 41 788 kishi halok boʻldi, 96794 kishi jarohatlandi.

▪️Al-Qassam brigadalari Xon Yunisda bir qator pistirmalar uyushtirdi. Merkava tanklari va boshqa jihozlar portlatildi. 

 ▪️Kecha tunda ishgʻolchi havo kuchlari Gʻarbiy Sohilda Tulkarm lageridagi kafega hujum qildi. 21 kishi, jumladan, bolalar halok boʻldi.

 ▪️Isroil Rafiq Hariri aeroporti yaqinidagi Leylek turar-joy massivini deyarli butunlay vayron qildi. Bosqinchilarning 20 ta hujumidan 11 tasi Bayrutning janubiy mahallalariga uyushtirilgan.

 ▪️Kun davomida Hizbulloh Isroil harbiy obʻʻektlariga qarshi 32 ta amaliyot oʻtkazdi. Hizbulloh bilan boʻlgan janglarda 17 bosqinchi yoʻq qilindi. Hayfadagi Nasher bazasiga 20 ta raketa uchirildi.

 ▪️New York Times: Tehron Isroilning ehtimoliy zarbasi oldidan Moskvadan razvedka sohasida hamkorlik qilishni soʻradi.

 ▪️Bosqinchilar Suriya va Livan oʻrtasidagi Masnaa chegara punktini portlatib yubordi. Punkt hozirda yopiq. Soʻnggi 2 hafta ichida Suriyaga 30 mingga yaqin qochqin oʻtdi.