-
Oʻzbekistonda ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bolani noqonuniy diniy taʻʻlim olishga jalb qilganlik uchun maʻʻmuriy javobgarlik belgilanmoqda. Tegishli qonun loyihasi 25 iyunʻ kuni deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
-
Qonunchilik palatasi deputatlari chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekistonda boʻlishini nomaqbul deb topish asoslari va tartibini belgilovchi qonun loyihasini uchinchi oʻqishda qabul qildi. Hujjat bilan davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga zid boʻlgan, davlatlararo, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni keltirib chiqaruvchi, xalqning shaʻʻni, qadr-qimmatini yoki tarixini tahqirlovchi mazmundagi ommaviy chiqishlar qilish yoxud harakatlar sodir etish shaxsni Oʻzbekistonda boʻlishini nomaqbul deb topish uchun asos boʻlishi belgilanmoqda.
-
Baza Telegram-kanali maʻʻlumotlariga koʻra, qurolli hujumda kamida besh nafar tinch aholi vakili jarohat olgan. Dogʻiston rahbari Sergey Melikov esa hujumni qaytarishda 15 dan ortiq xavfsizlik xodimlari, "Dagestanskie Ogni" shahri politsiya boʻlimi boshligʻi Mavluddin Xidirnabiev halok boʻlganini aytdi. Milliy aksilterrorchilik qoʻmitasi amaliyot davomida besh nafar qurolli shaxs oʻldirilganini maʻʻlum qilgan.
-
Ukrainadagi urushning ikkinchi yilida Moskvadagi xususiy narkologiya klinikalarida yangi alkogolizm tashxisi qoʻyilgan bemorlar soni keskin oʻsdi. Umuman olganda, mamlakatda spirtli ichimliklarga qaramlik holatlari soni besh yildan buyon oshib bormoqda va oʻsish har yili taxminan 15 foizni tashkil qilmoqda.
-
Frantsiya oʻng qanot Milliy birlashuv partiyasi etakchisi va bosh vazir lavozimiga nomzod Jordan Bardella Falastin davlatini tan olish terrorni tan olish bilan barobar, deya maʻʻlum qildi. U yahudiy vatandoshlariga Islomga qarshi qalqon boʻlishga vaʻʻda berdi.
-
Исроил Ғазо секторида босқинчилик ва қирғинбарот урушини бошлаганига 262 кун бўлди. 24 соат давомида Ғазо сектори, Иордан дарёсининг Ғарбий соҳили ҳамда бутун Яқин Шарқ ҳудудида содир бўлган асосий воқеалар.
-
42 yoshli texaslik ayol mast holatda 3 yoshli falastinlik qizchani choʻktirib yubormoqchi boʻldi, shuningdek, uning akasiga ham hujum qildi. Ayol qoʻlga olingach, garov evaziga qoʻyib yuborildi.
-
Ozarbayjon poytaxtida qidiruvdagi shaxsni ushlash chogʻida otishma roʻy berdi. Natijada uch politsiyachi va bir fuqaro halok boʻldi. Otishma sodir etgan shaxsning oʻzi ham politsiya tomonidan otib oʻldirilgan.
-
Isroilning Livanda keng koʻlamli urushni boshlashga tayyorligi haqidagi bayonotlari fonida Quvayt TIV rahbari amirlik fuqarolarini "Isroil va Hizbulloh oʻrtasida qurolli mojaro boshlanishi xavfi tufayli mamlakatni tezroq tark etish"ga chaqirdi. Quvaytliklarni koʻchirish uchun birinchi bort Bayrutga etib keldi. Buning uchun bir nechta samolyotlar safarbar qilingan.
-
Prezident Shavkat Mirziyoev Darband va Mahachqalʻʻa shaharlarida sodir etilgan qurolli hujum oqibatida koʻplab huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari va fuqarolar qurbon boʻlgani munosabati bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga maktub yoʻllab, chuqur hamdardlik bildirdi. Soʻnggi maʻʻlumotlarga koʻra, qurolli hujum oqibatida 15 nafar politsiyachi hamda ikki fuqaro halok boʻlgan. Ushbu qurolli hujum ortidan Dogʻistonda uch kunlik motam eʻʻlon qilindi.