26.06.2024 08:05
867

Isroilda ulʻtraortodoksal yahudiylar majburiy harbiy xizmatga chaqiriladi

25 iyunʻ kuni Isroil Oliy sudi bir ovozdan ulʻtraortodoksal erkaklarni majburiy harbiy xizmatga chaqirish boʻyicha qaror chiqardi.

Sud qaroriga koʻra, mamlakatda yahudiy seminariyasi talabalari va boshqa chaqiriluvchilar oʻrtasidagi farqni koʻrsatadigan qonun yoʻqligi sababli Isroilning majburiy harbiy xizmat tartibi boshqa fuqarolar singari ulʻtraortodoksallarga ham tegishli boʻladi.

Shu paytgacha ulʻtraortodoksal yahudiylar majburiy harbiy xizmatdan ozod qilingan edi. Bu istisnolar uzoq vaqtdan beri boshqa toifalarning gʻazabiga sabab boʻlardi. Isroilning Gʻazoga bosqini esa bu kelishmovchilikni yanada kuchaytirdi.

Shundan kelib chiqib, bosqinchi davlat sudi "barcha odamlar qonun oldida tengligi va ayni paytgacha bu tamoyilga rioya etilmayotgani"ni aniqlagan.

Netanʻyaxu boshchiligidagi hukumatning ortodoksal yahudiylarni armiyaga chaqirmaslikka urinishlari dunyoviy partiyalar, Isroil muxolifati, shuningdek, halok boʻlgan askarlarning qarindoshlari orasida norozilik uygʻotgan.

Tahlilchilarga koʻra, yangi tartib  Netanʻyaxu hukmron koalitsiyasining emirilishiga olib kelishi mumkin. Qonun loyihasi tanqidchilari ortodoksal yahudiylarning harbiy xizmatga yoki dunyoviy ishlarga tayyor emasligini aytishmoqda. Imtiyozlarning olib tashlanishi ularning koalitsiyadan chiqib ketishiga oqibatda hukumatning qulashiga va yangi saylovlar oʻtkazilishiga olib kelishi mumkin.

Maʻʻlumot uchun, ortodoksal yahudiylar Isroil aholisining taxminan 13 foizini tashkil qiladi.