26.06.2024 09:00

Dogʻiston rahbari niqobga qarshi ekanini maʻʻlum qildi

Dogʻiston rahbari Sergey Melikov “xavfsizlik nuqtai nazaridan” xotin-qizlarning yuzni berkituvchi kiyim, jumladan niqob taqishiga qarshi chiqdi. Shunga qaramay, u niqob taqishni radikalizmning namoyon boʻlishi deb oʻylamaydi. Bu haqda Melikov Milliy assambleya yigʻilishida soʻz ochdi.

Uning taʻʻkidlashicha, Dogʻiston adolatsiz ravishda "radikal respublika" deb nomlanadi. Dogʻistonlik sportchilarning MMA va erkin kurashdagi muvaffaqiyatlari hamda xotin-qizlarning niqob taqishi bunday deyilishiga asos boʻlmaydi.

“Shaxsan men terrorizmga qarshi kurash boʻyicha topshiriqlarni bajargan shaxs sifatida niqob taqishga qarshiman. Chunki burqa Kavkaz xalqlariga xos boʻlmagan kiyim boʻlib, niqob erkaklarning roʻmollar orqasiga yashirinishiga, ayollarning esa taqiqlangan narsalarni olib yurishiga imkon beradi”, deb tushuntirgan Melikov.

Eslatib oʻtamiz, may oyida Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari kengashi raisi Valeriy Fadeev Rossiyada niqob taqishni taqiqlashga chaqirgan edi. Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi ham burqani taqiqlashni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Mavzuga aloqador