Dunyoviy davlatlarda diniy erkinliklar qanday taʻʻminlangan?
Masjidlarda diniy taʻʻlim butun dunyoda bor, deyarli barcha mamlakatda topiladi, diniy tashkilotlarga oid qonunlarda bu vakolat kafolatlab qoʻyilgan. Bu borada dunyo ilgʻorlab ketgan va hech qaerda bu taʻʻlimdan muammo chiqqani qayd qilinmagan. Agar qearda Islomni oʻrganish sababli muammo chiqsa, yo taʻʻlim uslubi yaroqsiz, yoki maqsad oʻzi shunga qaratilgan boʻladi. Sof Islom taʻʻlimida hech bir jamiyat uchun zarar boʻlishi mumkin emas.
Diniy taʻʻlim masalasida haddan ziyod ehtiyotkorlik yoʻlini
tutib turgan qatlam odatda har ishda gʻarb davlatlari va rivojlangan davlatlar
qonunchiligiga suyanishlari sir emas. Shu va boshqa jihatlardan eʻʻtiboridan dunyo
mamlakatlari qonunchiligida ayni masala yuzasidan qanday qonunlar qabul qilganini
qisqacha oʻrganib chiqishni maqsadga muvofiq deb bildik.
Germaniya
7-modda
(1) Barcha maktab ishlari davlat nazoratidadir.
(2) Bolalarni tarbiyalash uchun masʻʻul boʻlgan shaxslar ularning
diniy taʻʻlimdagi ishtirokini hal qilish huquqiga egadirlar.
(3) Davlat maktablarida, nokonfessional maktablardan
tashqari, diniy taʻʻlim majburiy hisoblanadi. Diniy taʻʻlim, davlatning nazorat
qilish huquqini buzmagan holda,diniy jamoalarning printsiplariga mos holda olib
boriladi. Hech qaysi muallim oʻz xohishiga qarshi diniy taʻʻlim berishga majbur emas.
Ispaniya
27-modda
1. Har kim taʻʻlim olish huquqiga ega. Taʻʻlim erkinligi tan
olinadi.
2. Taʻʻlimning maqsadi – kishi shaxsini asosiy huquq va
erkinliklari va birga yashashning demokratik printsiplarini hurmat qilgan holda har
tomonlama rivojlantirishdan iborat.
3. Davlat hokimiyati ota-onalarga oʻzlarining farzandlari uchun
oʻz eʻʻtiqodlariga mos diniy va maʻʻnaviy tarbiyani tanlashda yordam berish huquqini
kafolatlaydi.
Avstriya
17-modda
Fan va uning nazariyasining rivojlanishi erkindir.
Har bir fuqaro, agar foydaliligi qonunda koʻzda tutilgan
tartiblarda tasdiqlansa, oʻquv va tarbiyaviy muassasalar tashkil etish va ularda
taʻʻlim berish bilan shugʻullanish huquqiga ega. Koʻrsatilgan cheklovlar xonadon
(uy)da taʻʻlim berishga taalluqli emas.
Maktablarda diniy taʻʻlim berish haqida cherkovlar va diniy
jamoalar tashvish chekishlari kerak.
Taʻʻlim va tarbiya boʻyicha barcha ishlarni nazorat qilish va
rahbarlik qilish huquqi davlatga tegishlidir.
Belʻgiya
24-modda
§1. Taʻʻlim mustaqildir, har qanday oldini oluvchi choralar man
qilinadi, huquqbuzarliklar uchun taʻʻqib qilish qonun yoki dekret bilanboshqariladi.
Davlat (soobshchestvo) ota-onalarga oʻz farzandlari uchun taʻʻlim
tanlash erkinligini taʻʻminlaydi.
Davlat (soobshchestvo) betaraf (neytral) boʻlgan taʻʻlimni tashkil
qiladi.
Betaraflik (neytrallik), xususan, ota-onalar va
oʻquvchilarning falsafiy, ideologik (gʻoyaviy) va diniy qarashlarini hurmat qilishni
nazarda tutadi.
Davlat hukumati tomonidan tashkil etiladigan maktablar
majburiy taʻʻlimning oxirigacha nokonfessional (diniy boʻlmagan) taʻʻlim va birorta
qabul qilingan din oʻrtasida tanlash imkoniyatini yaratadilar.
§ 3. Har kim asosiy erkinlik va huquqlarga rioya qilgan holda
taʻʻlim olish huquqiga ega.
Taʻʻlim olish majburiy maktab taʻʻlimining oxirigacha bepuldir.
Majburiy taʻʻlim olishi lozim boʻlgan barcha oʻquvchilar
(soobshchestvo) hisobidan ruhoniy va diniy taʻʻlim olish huquqiga egadirlar.
§ 4. Barcha oʻquvchilar yoki talabalar, ota-onalar va taʻʻlim
muassasasi jamoasining aʻʻzolari qonun va dekret oldida tengdirlar. Shuning bilan
bir vaqtda qonun va dekret ularning obʻʻektiv farqlarini, xususan, alohida
yondoshishni talab qiluvchi tashkilotchilik qobiliyatlarini eʻʻtiborga oladi.
Malayziya
12-modda
2. Har qanday diniy jamoa bolalar taʻʻlim muassasasini tashkil
etishi va oʻz dinini oʻqitishni joriy etish huquqiga ega, ammo bunday taʻʻlim
muassasalariga oid qonunlarda ham, bu qonunlarni ijro qilishda ham diniy
sabablar bilan har qanday kamsitishlar (diskriminatsiya) ga yoʻl qoʻyilmaydi. Shunday
boʻlsa-da, federal qonunlarda islom diniy taʻʻlim muassasalarini tuzish va
faoliyatini tashkil etish yoki islom dinini zaruriy hajmda oʻqitishni tashkil etish
maqsadida maxsus moliyaviy yordam berish koʻzda tutilishi mumkin.
3. Hech kim oʻzi eʻʻtiqod qilmaydigan dinni oʻrganishga yoki diniy
marosimlarda ishtirok etishga majbur qilinishi mumkin emas.
Singapur
16-modda
Malayziyaniki bilan bir xil.
Hindiston
28. Baʻʻzi oʻquv muassasalarida diniy darslar va marosimlar(ibodatlar)ga
qatnashish erkinligi
1. Toʻlaligicha davlat taʻʻminotida boʻlgan oʻquv muassasalarida
hech qanday diniy taʻʻlim oʻtilmaydi.
2. Davlat boshqaruvida boʻlgan, ammo diniy taʻʻlim oʻtish sharti
bilan davlatga hadya yoki ishonchli mulk qilib berilgan taʻʻlim muassasalarga
1-bandning aloqasi yoʻq.
30. Ozchilikning taʻʻlim muassasalari ochish va boshqarish huquqi.
1. Hoh diniy xoh lingvistik (til) ozchilik oʻz xohishiga qarab
oʻquv muassasasi tashkil qilish va boshqarish huquqiga ega.
2. Davlat taʻʻlim muassasalariga yordam berishda ularning diniy
yoki lingvistik (til) ozchilik tomonidan boshqarilishiga qarab diskriminatsiya
(kamsitish)ga yoʻl qoʻymasligi kerak.
Turkiya
VI. Din va vijdon erkinligi
24-modda
... Diniy va axloqiy talim va tarbiya davlat nazorati ostida
amalga oshiriladi. Diniy va axloqiy tarbiya boshlangʻich va oʻrta maktablarning oʻquv
rejalarida majburiy element hisoblanadi. Biror boshqa diniy taʻʻlim va tarbiya
olish shaxsning xohishiga, balogʻat yoshiga etmaganlar uchun esa ularning qonuniy
vakillari ixtiyorlariga bogʻliq.
Din va diniy his tuygʻularni, shuningdek muqaddas deb
hisoblangan narsalarni shaxsiy yoki siyosiy manfaatlarni taʻʻminlash maqsadida
ekspluatatsiya yoki suiisteʻʻmol qilishga yoʻ qoʻyilmaydi.
Bu roʻyxatni yana davom ettirish mumkin. Biroq, gap choʻzilmasin
uchun asosiy va biz uchun namuna boʻla oladigan davlatlar qonunlaridan iqtibos
keltirish bilan kifoyalandik.
Jahon tajribasi
Yuqorida keltirilgan qonuniy asoslarning dunyo
mamlakatlaridagi amaliy ijrosi haqida toʻxtalib oʻtish darkor. Zotan, har qanday
sohada ham dunyo tajribasini oʻrganish foydadan xoli emas.
AQSh
Amerikada xususiy diniy maktablar juda ham koʻp. Jumladan,
islomiy markazlar qoshida ham shunday maktablar bor. Ana shunday maktablardan
birida farzandlari taʻʻlim olayotgan oʻzbek fuqarosining taʻʻkidlashicha, bunday
xususiy maktablarda maktab fanlari davlat tasarrufidagi maktablarga nisbatan
sifatli va yaxshi oʻrgatilar ekan. Maktabda tushlikkaacha diniy taʻʻlim ‒ Qurʻʻoni
Karim va hadislar oʻrgatiladi. Tushlikdan keyin esa maktabning odatiy fanlari
oʻqitiladi.
Amerikada masjidlar qoshida Qurʻʻon kurslari ochilgan boʻlib,
bolalar peshingacha maktabda oʻqib, tushlikdan keyin masjiddagi diniy taʻʻlim
kurslariga qatnashadi.
Germaniya
Germaniyada maktablarda diniy taʻʻlim tushlikdan keyinga
qoʻyilgan. Buning uchun maʻʻlum adad (masalan, 10, 15 ta) oʻquvchi qaysidir din
boʻyicha taʻʻlim olish istagini bildirsa, ular uchun maʻʻlum bir sinfda diniy taʻʻlim
tashkillashtiriladi. Misol uchun, bir sinfda nasroniylikdan, boshqasida Islomdan
dars oʻtiladi. Oʻquvchilar istagan sinfida oʻzi istagan dindan taʻʻlim oladi.
Bundan tashqari diniy tashkilotlar qoshida ham diniy taʻʻlim
olish mumkin va ularda hech qanday yosh cheklovi yoʻq.
Turkiya
Turkiyada diniy taʻʻlim davlat maktablarida juda ham yaxshi
saviyada oʻqitiladi. Maktab fanlari ichida arab tili, Qurʻʻon, hadis, fiqh, siyrat,
tafsir ilmlari oʻrin olgan. Fanlar tabiatiga koʻra boshlangʻich sinfdan tartib bilan
oʻtiladi.
Bundan tashqari, Turkiyada diniy taʻʻlim masjidlarda ham turli
xil uslublarda yoʻlga qoʻyilgan. Ayrim masjidlarda faqat Qurʻʻon taʻʻlimi berilsa,
ayrimlarida arab tili va diniy ilmlar ham oʻqitiladi. Yozgi taʻʻtildan unumli
foydalanish maqsadida mamlakat boʻylab yoʻlga qoʻyiladigan Qurʻʻon kurslarida yuz
minglab bolalar taʻʻlim oladi.
BAA
BAAda hukumat maktablarida Qurʻʻon, hadis, tafir, fiqh va
boshqa ilmlar oʻqitiladi. Mahalliy maktablardan tashqari ajnabiy xalqlar vakillari
uchun ochilgan maktablarda ham Islom dinidan taʻʻlim beriladi.
Amirlikda maʻʻlum adaddagi oila oʻz farzandlari uchun alohida
maktab ochishi, u erda oʻzining qadryatlari va dinini bolalarga oʻrgatishi mumkin.
Faqat sharti shuki, haftada eng kamida bitta dars Islom dinini oʻrgatishga
bagʻishlangan boʻlishi kerak. Ularning qarashlaricha, musulmon jamiyatda yashamoqchi
boʻlgan nomusulmon xalqlar islom madaniyatidan boxabar boʻlishi shart.
Rossiya
Rossiyada diniy tashkilotlar qoshida diniy taʻʻlim muassalari
koʻp boʻlib, ularda maktab yoshidagi bolalar ham taʻʻlim olishi mukin. Birgina
Dogʻistonda 3 mln aholi uchun 20 dan oshiq madrasa mavjud. Ularda maktab yoshidagi
bolalar maktab darslaridan chiqib, madrasalarda Qurʻʻon yodlashadi, ilm olishadi.
Bundan tashqari masjidlarda Qurʻʻon taʻʻlimi kurslari ham keng
ommalashgan. Masjidlarda aqida, fiqh, hadis va boshqa ilmlarda moʻʻʻtabar asarlar
asosida darslar tashkillashtiriladi.
Filippin
Filippinda ham istovchilar uchun maktabda diniy taʻʻlim berish
yoʻlga qoʻyilgan. Bu borada hech bir din ahli uchun cheklov yoʻq.
Filippinga ishlgani borgan yurtdoshlarimiz bolalarini maktabga
olib borsa, musulmonliklarini eʻʻtiborga olib, maktab maʻʻmuriyati ularga halol
taomlar hozirlab berishni va agar istashsa, diniy taʻʻlimni yoʻlga qoʻyib berishlari
mumkinligini aytishgan. Ularda ham maʻʻlum adaddagi talabalar birorta din boʻyicha
taʻʻlim olishni istashsa, shu boʻyicha maxsus dars tashkillashtirilar ekan.
Qozogʻiston va Qirgʻiziston
Qoʻshni Qozogʻiston va Qirgʻizistonda ham bolalarga diniy taʻʻlim
berish talaygina sharoitlar yaratilgan. Ularda maktabda diniy taʻʻlim berilmasada,
maktab yoshdagilarning masjidmadrasalar, qorixonalar va maxsus markazlarda diniy
taʻʻlim olishlari uchun keng imkoniyat mavjud.
Masalan, Qirgʻizistonda ayrim joylarda maktab qarshisida
madrasa yoki qorixonalar qad koʻtargan boʻlib, diniy taʻʻlim olmoqchi boʻlgan bolalar
tushlikdan soʻng maktabdan toʻgʻri madrasa yoki qorixonaga oʻtib, ilm tahsilini davom
ettiradi.
Qozogʻistonda yozgi taʻʻtil oldidan hukumat masʻʻullari diniy
xodimlar zimmasiga maktab bolalari koʻchada qolmasligi, jinoyatlarning oldini olish
maqsadida masjidlarda diniy taʻʻlim berish tavsiya etiladi.
Ochigʻini aytganda, ustoz shogird uslubidagi anʻʻanaviy taʻʻlim
1400 yillik tarixga ega boʻlish bilan birga, bugun ham musulmonlar yashayotgan
mamlakatlarda davom etib kelmoqda. Umuman olgan, Islom olamini qoʻying, Rossiya,
Koreya va boshqa respublikalarda ham Qurʻʻon, hadis, fiqh kabi sof islomiy
ilmlarni oʻqitish uchun hech qanday cheklov yoki qayd yoʻq, masjidlarda ham, boshqa
joylarda ham oʻqitilaveradi. Zero, bu aslida axborot va soʻz erkinligi taxtiga
doxil hodisa hisoblanadi.
Xulosa qilib aytganda, masjidlarda diniy taʻʻlim butun dunyoda
bor, deyarli barcha mamlakatda topiladi, diniy tashkilotlarga oid qonunlarda bu vakolat
kafolatlab qoʻyilgan. Bu borada dunyo ilgʻorlab ketgan va hech qaerda bu taʻʻlimdan
muammo chiqqani qayd qilinmagan. Agar qearda Islomni oʻrganish sababli muammo
chiqsa, yo taʻʻlim uslubi yaroqsiz, yoki maqsad oʻzi shunga qaratilgan boʻladi. Sof
Islom taʻʻlimida hech bir jamiyat uchun zarar boʻlishi mumkin emas.
Botirjon Shermuhammad, huquqshunos