Soʻnggi oʻn yillikda urush va inqirozlar tufayli murakkab vaziyat ichida qolgan Afgʻoniston Islom Amirligi oʻrtacha ish haqida boʻyicha 205 dollarlik koʻrsatkich bilan Tojikiston (169 dollar), Pokiston (163 dollar), qariyb barcha Afrika mamlakatlari va Venesuelani (199 dollar) ham ortda qoldirdi. Oʻzbekiston esa 351 dollarlik koʻrsatkich bilan Markaziy Osiyoda Qozogʻiston va Turkmanistondan (mos ravishda 673 va 654 dollar) keyin uchinchi oʻrinni egalladi.

Tojikiston oʻrtacha ish haqi boʻyicha jahon reytingida 196 davlat orasida 143-oʻrinni egalladi. CEOWorld Magazine maʻʻlumotlariga koʻra, ushbu mamlakat soʻnggi oʻn yilliklarda urush va inqirozlar tufayli parchalanib ketgan Afgʻonistondan ancha pastda joylashgan.

Jurnal mualliflariga koʻra, Tojikistonda oʻrtacha oylik maosh 169 dollarni tashkil qilgan.

Oʻz navbatida, Afgʻoniston eng yaxshi natija - 205 dollarlik maosh bilan faxrlanishi mumkin, deyiladi hisobotda. Afgʻoniston, shuningdek, qoʻshni Pokistonni (163 dollar), deyarli barcha Afrika mamlakatlari va bir vaqtlar Janubiy Amerikaning qariyb eng boy davlati boʻlgan Venesuelani (199 dollar) ortda qoldirdi.

Markaziy Osiyoning beshta davlati orasida (Afgʻonistondan tashqari) Tojikiston oxirgi oʻrinni egalladi. Reytingga koʻra mintaqada etakchi oʻrinlarni Qozogʻiston va Turkmaniston egallagan – mos ravishda 673 va 654 dollar. Undan keyingi oʻrinlarda oʻrtacha ish haqi 351 dollar bilan Oʻzbekiston va 228 dollar bilan Qirgʻiziston bormoqda.

Mavzuga aloqador