26.06.2024 15:18
757

Bombalanayotgan Gʻazo: 264-kunning asosiy voqealari

Bombalanayotgan Gʻazo: 264-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 264 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Bayt Lahiya va Nusayrat lageriga hujum qildi. 24 soat ichida 56 kishi shahid boʻldi.

▪️48 soatdan kamroq vaqt ichida bosqinchilar koʻchirilganlar bilan 5 ta maktabga hujum qilishdi.

▪️Al-Qassam brigadalari Nitsarim oʻqida bosqinchilar otryadiga hujum qildi va Kissufim harbiy obʻʻektini minomyotlardan oʻqqa tutdi.

▪️Husiylar Isroilga yoʻl olgan MSC Sarah V konteyner kemasiga ballistik raketalar bilan zarba berishdi.

▪️Iroq islomiy qarshilik kuchlari Umm ar-Rashrashdagi harbiy bazaga hujum qildi.

▪️YuNRVA rahbari: Gʻazo sektorida har kuni 10 nafar bola bir yoki ikki oyogʻidan ayriladi.

▪️Gʻazo hukumati: 50 kundan beri Gʻazoga yordam etib kelgani yoʻq.

▪️Bosqinchi matbuoti: Armiya askarlar etishmasligidan qiynalmoqda hamda koʻngillilar, haredimlar va chaqiriluvchilardan iborat yangi boʻlinmalarni shakllantirishga harakat qilmoqda.

▪️Chegara bilmas shifokorlar tashkiloti Gʻazodagi 6-xodimining oʻldirilishi munosabati bilan motam tutmoqda. 33 yoshli shifokor Fadi Al-Vadiya ishga velosipedda ketayotganda isroil droni tomonidan halok boʻldi.

▪️Reuters: AQSh harbiy-dengiz kuchlari patrullari va Gʻazo sohilidagi Amerika komandoslari suratlari chop etildi.