Qurʻʻondagi gʻaybiy xabarlar: Firʻʻavnning boshiga kelgan balolar (video)
Qurʻʻoni karim - Allohning kalomidir. Undan bir qator gʻaybiy xabarlar ham oʻrin olgan boʻlib, ushbu gʻaybiy xabarlarga bagʻishlangan risolamizning toʻrtinchi qismida firʻʻavnning boshiga kelgan balolar haqida suhbatlashamiz. Toʻrtinchi qism videosini saytimizda tomosha qilishingiz mumkin.
“Firʻʻavn
qavmini zora eslatma olsalar, deb (qahatchilik) yillariga va mevalarning taqchilligiga duchor etdik”
(Aʻʻrof surasi, 130-oyat);
“Shundan
keyin ular ustiga toʻfon, chigirtka, bit, baqalar va qon (balolari)ni aniq moʻʻʻjizalar
sifatida yubordik. (Shundan) soʻng (ham ular) kibr qildilar.
(Ular oldindan) jinoyatchilar qavmi edi” (Aʻʻrof surasi, 133-oyat).
Qurʻʻonning
yuqoridagi va boshqa oyati karimalarida Firʻʻavn hamda uning qavmiga kelgan balolar
keltiriladi. Toʻfon, chigirtka, bit, baqa va qon balosi sanab oʻtiladi. Yaʻʻni
bunday: sarkashlik qilib, inkordan toʻxtamagan Firʻʻavn qavmiga Haq taolo qattiq
jala yubordi. Sakkiz kecha, sakkiz kunduz davom etgan yomgʻir sababli hech kim
koʻchaga chiqolmadi, Nil toshib, shiddatli sel uy-joylarni, ekinlar va hayvonlarni
oqizib ketdi. Ofat paytida Firʻʻavn aʻʻyonlari hazrat Musoning oldiga kelib:
“Rabbingga duo qil, bu baloni boshimizdan aritsin va biz senga ergashaylik”,
deyishdi. Muso alayhissalom ularning iltimosini bajardi va duosining barokati
ila toʻfon tindi. Lekin qavm baribir imon keltirmadi. Tutgan yoʻlidan bir qadam
ham chekinmadi.
Shundan
keyin Alloh taolo alomat va moʻʻʻjiza sifatida chigirtka balosini joʻnatdi. Ekinzor
va bogʻlarning hosilini eb tugatgan zararkunandalar galasi odamlarning uylari,
hatto kiyimlarining ichigacha kirdi. Ojiz qolgan aʻʻyonlar yana Muso
alayhissalomning huzuriga chopishdi va oldingi gaplarini takrorlashdi. Hazrat
Musoning duolari barokati bilan shamol kelib, chigirtkalarni uchirganicha daryoga
uloqtirdi. Biroq qalb koʻzi koʻr boʻlgan Firʻʻavn va qavmi vaʻʻdasida turmadi.
Haq taolo
bu safar qavmni bit bilan balolantirdi. Chigirtkalardan qolgan-qutganni egan
hasharotlar odamlarning liboslariga kirib, qonlarini soʻrishardi. Aʻʻyonlar uchinchi
marta kelib, ofatdan qutulishsa, Muso alayhissalomga imon keltirishlarini
aytishdi. Hazrat Musoning duosidan keyin Alloh taolo hasharotlarni daf qildi.
Qavm esa imon keltirish u yoqda tursin, Allohning paygʻambariga: “Sen sehrgarsan,
bularning hammasini sehring bilan qilyapsan”, deyishgacha bordi.
Bu gal har
tarafni baqa bosdi. Najot chorasi hazrat Muso ekanini bilgan saroy ahli
iltimosini aytib, endi chindan ham imon keltiramiz, deyishdi. Nabaviy duodan soʻng
yoqqan yomgʻir jamiki baqalarni dengizga olib borib tashladi. Qavm imon keltirdimi?
Albatta, yoʻq! Shu tarzda qon balosini boshlariga oʻzlari chaqirib olishdi, hamma joydan,
hatto ichadigan suvlaridan ham qon chiqib keldi.
Qurʻʻoni
karimda bizga ibrat sifatida keltirilgan mazkur hodisalar haqidagi tarix
kitoblarining bayonlariga quloq beramiz.
Oʻn
toʻqqizinchi asr boshida Oʻrta Qirollik davridan qolgan Ipuver papirusi topiladi.
1909 yilda Niderlandiyaning Leyden muzeyiga olib borilib, ingliz misrshunosi Alan
Gardiner tomonidan mazmuniga aniqlik kiritiladi. Mazkur papirusni yozgan Ipuver oʻzi
guvoh boʻlgan voqealar haqida bunday deydi: “Falokatlar butun mamlakatni
domiga tortdi. Har taraf qon, daryo ham. Kechagina koʻrgan narsalarimning hammasi
yakson boʻldi. Erlar boʻm-boʻsh, xuddi haydab tashlangandek... Misrning quyi
taraflari yoʻqlikka yuz tutdi. Butun saroy huvillab qoldi. qoʻlimizda hech narsa
qolmadi: na bugʻdoy, na arpa, na gʻozlar va na baliqlar, hammasi ketdi...
Toʻqqiz
kun davomida saroydan hech kimsa chiqmadi, birortasi u shaxsning yuzini koʻrolmadi.
Shiddatli
oqimlar shaharlarni er bilan bitta qildi. Yuqori Misr vayronaga aylandi. Hamma
joy qon, oʻlkada yuqumli kasalliklar tarqala boshladi.
Bugun
hech kim shimolga, Biblosga bora olmayotir. Moʻmiyolarimiz nima boʻladi? Oltin tugab
bormoqdi...
Odamlar
suvdan qoʻrqib qolishdi. Suv ichib turib chanqashmoqda. Mana, suvimiz! Mana, tolemiz!
Qoʻlimizdan nima kelardi? Hamma narsa xarob boʻldi. Shaharlar quladi. Yuqori Misr
quridi. Bir daqiqa ichida yashash joylari xarobalikka yuz tutdi”.
Yigirmanchi
asrda oʻqishga muvaffaq boʻlingan bu maʻʻlumotlarni eshitarkansiz, tanish oyatlar
esingizga tushdi, shunday emasmi? Buning sababi esa papirusdagi yozuvlarning
Qurʻʻondagi oyati karimalarga juda oʻxshashligi, Qurʻʻonda kelgan xabarlarni aynan
tasdiqlashidir.
Unda
savol bunday boʻladi: Firʻʻavn va qavmiga yuborilgan ofatlar haqida soʻzlayotgan
papirusdagi maʻʻlumotlarning oyatlarga muvofiqligini Qurʻʻon Allohning Kitobi
ekanligidan boshqa biror narsa bilan izohlash mumkinmi? Oʻqish-yozishni umuman
bilmaydigan odamning oʻz-oʻzidan shunday narsalar toʻgʻrisida gapirishi ishonsa
boʻladigan ishmi? Aslo! Inson bolasi bularni oʻz aqli bilan kashf etolmaydi. Shunday
ekan, Qurʻʻoni karim odamzotning soʻzi boʻlishi mumkin emas. Hech shaksiz azal va
abadning Sultoni, oʻtmish va kelajakni xuddi bitta sahifadek koʻrishga qodir Alloh
taoloning kalomidir.