25 iyunʻ kuni Islom taraqqiyot banki (ITB) Qirgʻizistonda 112 ming kv.metr davlat ipoteka uy-joylarini qurish uchun 79 million dollar ajratdi. Bu haqda "Tazabek" nashri maʻʻlum qildi.

Qayd etilishicha, Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qoʻmitasi 2024 yil 26 aprelda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida imzolangan "Shariat standartlari boʻyicha arzon uy-joylarni moliyalashtirish" loyihasi boʻyicha Qirgʻiziston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasidagi kredit shartnomalarini ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda maʻʻqullagan. 

Qonun loyihasi boʻyicha maʻʻlumotlarni iqtisodiyot va tijorat vazirining oʻrinbosari Sanjarbek Bolotov taqdim etgan. ITB mablagʻlari mamlakatning barcha hududlaridagi 112 ming kv.metr qurilish uchun moʻljallangan. ""GIK" MChJ jalb qilingan moliyaviy mablagʻlarning operatori boʻlib, er uchastkalari  ajratilishi hamda mamlakatning barcha hududlarida keyinchalik ijaraga berish va sotib olish uchun arzon uy – joy qurilishini moliyalashtiradi. Shuningdek, dastur doirasida Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari uchun Islomiy moliyalashtirish tamoyillari boʻyicha ipoteka kreditini beradi", – deydi MChJ boshqaruvi raisining oʻrinbosari Nurodil Bayasov. 

Eslatib oʻtamiz, 2022 yil sentyabrʻ oyida Rossiya qisman safarbarlik eʻʻlon qilinganidan soʻng, Bishkekdagi kvartiralarni ijaraga olish haqi 30 foizga oshgandi.

Mavzuga aloqador