04.10.2024 12:07

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan xavotir bildirdi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirdi. «Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan boʻlgan xatar va tahdidlarning misli koʻrilmagan darajada kuchayishiga olib kelishi mumkin», — deyiladi vazirlik bayonotida.

Oʻzbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat shiddat bilan keskinlashayotganidan chuqur xavotirdaligini bildiradi, deya maʻʻlum qildi Tashqi ishlar vazirligi.

«Tanglik darajasining yanada ortishi keng mintaqada xavfsizlikka nisbatan boʻlgan xatar va tahdidlarning misli koʻrilmagan darajada kuchayishiga va butun xalqaro hamjamiyat uchun oldindan aytib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb hisoblaymiz», — deyiladi bayonotda.

OʻZbekiston TIV «qarama-qarshi tomonlarni vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin boʻlgan harakatlardan tiyilishga» chaqirdi.

Xabarda mojaroni xalqaro normalar va BMT Xavfsizlik kengashining qarorlariga muvofiq tinch yoʻl bilan hal etish uchun shoshilinch choralar koʻrish zarurligi taʻʻkidlandi.