-
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov "Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston" temir yoʻli qurilishi loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Yangi temir yoʻl Evroosiyo kontinental koʻprigining janubiy tarmogʻiga aylanadi va Janubi-Sharqiy, Gʻarbiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga, jumladan Turkiya va undan keyin Evropa Ittifoqiga chiqishga yoʻl ochadi.
-
Islom huquq tizimining boshqa tizimlardan farqi usulda uning Mutlaq Olim boʻlgan Zotning ilmiga asoslanganidir. Yaʻʻni, barcha ilmlarning egasi, oʻta hikmatli boʻlgan Allohning chiqargan yoʻrigʻi shubhasiz bexatodir, shubhasiz manfaatlidir.
-
Sunniy kurdlar partiyasi HÜDA-PAR Turkiya parlamentiga Isroildagi urushda qatnashayotgan mamlakat pasportiga ega barcha yahudiylarni fuqarolikdan mahrum etish haqidagi qonun loyihasini taqdim etdi. Maʻʻlum boʻlishicha, Turkiya fuqarosi boʻlgan 4 ming yahudiy nafaqat Isroilda harbiy xizmatni oʻtagan, balki Gʻazoga borib, begunoh falastinliklarni qirgʻin qilishda qatnashgan. Aniqlanishicha, ularning aksariyati ishgʻolchi davlatga Turkiyadan emas, balki uchinchi davlatlar orqali oʻtgan. Qotillar oʻzlarini fosh qilmaslik uchun turli ismlardan foydalangan.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 265 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Oʻzbekiston va Ummon oʻrtasida diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.
-
Rossiya Tergov qoʻmitasi rahbari Aleksandr Bastrikin mamlakatda oʻtkazilgan reydlar davomida RF fuqaroligini olgan 30 ming muhojir (ular begonalarni fuqarolik olsa ham oʻziniki hisoblashmaydi) aniqlangani, 10 ming RF fuqaroligiga ega muhojir Ukrainadagi urushda qatnashganini maʻʻlum qildi.
-
Harbiylarning isyonidan xabar topgan Boliviya prezidenti xalqdan yordam soʻradi. Shundan soʻng tinch aholi kuch ishlatar tizimlarga qarshi norozilik bildirib, koʻchaga chiqdi. Poytaxtda harbiylar va tinch aholi oʻrtasida toʻqnashuv yuz bergan. Xalq bilan qarama-qarshilikka borishni istamagan armiya guruhlari oʻz pozitsiyalarini tark eta boshlagan. Bundan unumli foydalangan Boliviya maxsus operatsion kuchlari esa toʻntarish tashkilotchisi, oldinroq qoʻmondonlikdan boʻshatilgan Xuan Xose Sunigani hibsga olgan.
-
Fryazino (Moskvadan 20 km uzoqlikda joylashgan shahar) dagi musulmonlar namozxonasida portlash sodir etildi. Portlash uchun javobgarlikni rus neonatsistlari tashkiloti – "Manʻyaklar" (MKU) guruhi oʻz zimmasiga oldi.
-
Qizgʻin bahs-munozaralarga sabab boʻlgan farzandini noqonuniy diniy taʻʻlim olishga jalb qilgan ota-onalarni javobgarlikka tortish haqidagi qonun jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi.
-
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, yaqin idoralararo aloqalarni mustahkamlash, qoʻshma tadbirlar tashkil etish, harbiy mutaxassislarni tayyorlash va boshqa masalalar muhokama qilingan.