Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoev kecha, 26 iyunʻ kuni amaliy tashrif bilan mamlakatda boʻlib turgan Turkiya Milliy mudofaa vaziri Yashar Gyuler boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida Gyuler Mirziyoevga Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻonning samimiy salomi va ezgu tilaklarini etkazgan.

"Anqara shahriga 5-6 iyunʻ kunlari amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif chogʻida erishilgan kelishuvlarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston bilan Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi", deyiladi xabarda.

Shuningdek, harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, jumladan, yaqin idoralararo aloqalarni mustahkamlash, qoʻshma tadbirlar tashkil etish, harbiy mutaxassislarni tayyorlash va boshqa masalalar muhokama qilingan.

Bundan tashqari, xavfsizlik sohasida, terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurashishda hamkorlikni mustahkamlash va muvofiqlashtirishga alohida eʻʻtibor qaratilgan.

Mintaqada tinchlik va barqarorlikni taʻʻminlash, shu jumladan Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashilgan.

Mavzuga aloqador