27.06.2024 09:13

Farzandini diniy taʻʻlimga jalb qilganlarni jazolashni koʻzda tutgan qonun jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi


25 iyunʻ kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida farzandini diniy taʻʻlimga jalb qilgan ota-onalarning javobgarlikka tortilishi haqidagi qonun birinchi oʻqishda qabul qilingandi. Yangi qonun loyihasi jamoatchilikning haqli eʻʻtirozlari va qizgʻin bahs-munozaralariga sabab boʻldi.

Nihoyat ushbu qonun loyihasi quyi palata saytida jamoatchilik muhokamasiga qoʻyildi. https://parliament.gov.uz/regulation/29?fbclid=IwZXh0bgNhZW0CMTEAAR2394r9OZE02Q3s2cGA1ue_OI0a-RZRhkiXa4MfxXKqDRtWAuj3PJ7pQ-U_aem_GP_TnKKet9HHgghKJgmwHg Unda qonun loyihasining muhokamaga chiqarilish sanasi hamda yakuniy muddati koʻrsatilmagan. Koʻpchilik foydalanuvchilar esa sayt faoliyatida texnik nosozliklar kuzatilayotganini bildirishmoqda. Shunga qaramay, qonunlarni qabul qilishdan oldin xalqning fikrini hisobga olish mamlakat taraqqiyoti uchun muhimligini aytish joiz.

Ushbu havola https://parliament.gov.uz/regulation/29?fbclid=IwZXh0bgNhZW0CMTEAAR2394r9OZE02Q3s2cGA1ue_OI0a-RZRhkiXa4MfxXKqDRtWAuj3PJ7pQ-U_aem_GP_TnKKet9HHgghKJgmwHg ga kirib, yangi qonun loyihasi haqidagi oʻz fikr-mulohazangizni bildirishingiz mumkin.

Mavzuga aloqador