-
Britaniyada payshanba kuni boʻlib oʻtgan umumiy saylovlardan soʻng turli etnik millatga mansub 87 nafar parlament aʻʻzosiga parlamentda vakillik qilish huquqi berildi. Ularning 66 nafari Falastinni tan olishga vaʻʻda bergan Leyboristlar partiyasi aʻʻzosidir. 2019 yilgi saylovlardan beri milliy ozchilik vakillaridan deputatlar soni 21 nafarga koʻpaydi.
-
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Konservativ partiyaning parlament saylovlarida magʻlubiyatga uchragani ortidan isteʻʻfoga chiqish niyati borligini maʻʻlum qildi. “Bu ishga bor kuchimni berdim, lekin siz Britaniya hukumati oʻzgarishi kerakligi haqida aniq signal yubordingiz”, - dedi u. Britaniya bosh vaziri, shuningdek, Konservativ partiya nomzodlari va xodimlaridan saʻʻy-harakatlari samarasizligi uchun uzr soʻradi.
-
Qirgʻiziston maxsus xizmatlari mamlakatda davlat toʻntarishiga urinishning oldi olinganini maʻʻlum qildi. Qayd etilishcha, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Qirgʻizistonning toʻrt nafar fuqarosi qoʻlga olingan. Shuningdek, intuv qilish chogʻida qoʻlbola portlovchi qurilmalar uchun butlovchi qismlar, oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, ratsiyalar, zirhlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kiyim-kechaklari, dronlar, ekstremistik adabiyotlar, shuningdek, taqiqlangan boshqa ashyolar topilgan va musodara qilingan.
-
Исроил Ғазо секторида босқинчилик ва қирғинбарот урушини бошлаганига 273 кун бўлди. 24 соат давомида Ғазо сектори, Иордан дарёсининг Ғарбий соҳили ҳамда бутун Яқин Шарқ ҳудудида содир бўлган асосий воқеалар.
-
2024 yilning dastlabki 5 oyida 2,2 mln yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 35,5 foiz (569,2 ming) koʻproq Oʻzbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadida xorijga chiqdi. Oʻzbekistonliklar eng koʻp Qirgʻizistonga bordi – qariyb 1 mln kishi. Keyingi oʻrinlarda Tojikiston (449,8 ming), Qozogʻiston (322,5 ming) va Saudiya Arabistoni (100,2 ming) turibdi.
-
Исроил Ғазо секторида инсониятга қарши жиноятларни содир этганликда айбланаётган бир вақтда Германия ушбу қотил давлатга энг кўп қурол етказиб бериш бўйича АҚШдан кейинги иккинчи ўринда турибди. SIPRI институти маълумотларига кўра, 2023 йилда Германия Исроил “оддий қуролларнинг асосий тоифалари” импортининг 47 фоизини (АҚШ – 53 фоиз) етказиб берган. Германия қуролларининг Исроилга экспорти 2024 йилнинг дастлабки 5 ойида ҳам давом этди.
-
Eronda prezidentlik saylovining ikkinchi turiga ovoz berish boshlandi. Unda ikki nomzod 69 yoshli sobiq sogʻliqni saqlash vaziri, islohotchi Masud Pezeshkiyan hamda Eron rahbarining respublika Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi 58 yoshli vakili, konservativ Said Jaliliy prezidentlik lavozimi uchun kurashmoqda. 3 iyulʻ kuni oʻtkazilgan soʻrovlarda ishtirokchilarning 49,5 foizi islohotchi nomzod Pezeshkianga ovoz berishini aytgan. Saylovchilarning 43,9 foizi esa konservativ nomzod Said Jalilini afzal koʻrgan.
-
Shvetsiyada musulmonlarga va Islomga qarshi jinoyatlar soni ortib bormoqda. Bu kabi hodisalar butun mamlakat miqyosida keng tarqalgan boʻlib, masjidlarga hujum uyushtirish va hijobli ayollarni haqorat qilishdan tortib, ish joyida yoki jamiyatda Islomga qarshi soʻzlarni aytish kabilarda namoyon boʻlmoqda. “Afsuski, biz bunday ishlarga oʻrganib qolganmiz”, – deydi Bosniya islom uyushmasi aʻʻzosi Mirza Babovich (66). U eski namozxonlar zalida islomga qarshi ramzlar chizilgani, qurilish maydonchasiga choʻchqa qoldiqlari tashlab ketilgani va deraza oynalari sindirib ketilgani kabi holatlarni esga oldi.
-
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev Shushada boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etish uchun 5−6 iyulʻ kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda boʻladi.
-
Volgaboʻyi musulmonlari diniy boshqarmasi boshligʻi, muftiy Muqaddas-Hazrat Bibarsov Dogʻiston muftiyatining niqobni “vaqtinchalik” taqiqlash toʻgʻrisidagi fatvosini tanqid qildi. “Dogʻiston muftiyati mamlakatdagi diniy vaziyatni chayqatayotganlarning yoʻl-yoʻrigʻiga ergashgani juda achinarli...” deb yozdi u.