04.07.2024 14:35

Volgaboʻyi musulmonlari etakchisi Dogʻiston fatvosini «tushunmadi»

Volgaboʻyi musulmonlari diniy boshqarmasi boshligʻi, muftiy Muqaddas-Hazrat Bibarsov Dogʻiston muftiyatining niqobni “vaqtinchalik” taqiqlash toʻgʻrisidagi fatvosini tanqid qildi. “Dogʻiston muftiyati mamlakatdagi diniy vaziyatni chayqatayotganlarning yoʻl-yoʻrigʻiga ergashgani juda achinarli...” deb yozdi u.

Volgaboʻyi musulmonlari diniy boshqarmasi boshligʻi, muftiy Muqaddas-hazrat Bibarsov Dogʻiston muftiyatining niqobni vaqtinchalik taqiqlovchi fatvosini tanqid qilib, sodir boʻlayotgan voqealarni “musulmonlar mavzusini qoʻzgʻatish va silkitish” deb atadi.

“Dogʻiston muftiyati mamlakatdagi diniy vaziyatni chayqatayotganlarning yoʻl-yoʻrigʻiga ergashgani juda achinarli...” deb yozadi Rossiya islom ruhoniylari vakili.

“Dogʻiston muftiyatining bayonotini tushunmadim... Mamlakat uchun shunday ogʻir bir paytda niqob masalasini koʻtarish qanchalik maqsadga muvofiq? – degan savolni oʻrtaga tashladi Volgaboʻyi Musulmonlar diniy boshqarmasi rahbari. – Musulmon mavzusi qoʻzgʻatilayotgani, silkitilayotganini koʻryapmiz. Bu kimga kerak?”

Bibarsovning taʻʻkidlashicha, 146 million Rossiya fuqarolari orasida niqob kiyganlar juda ozchilikni tashkil etadi: “Bizda eng muhim muammo shumi, 146 milliondan bir necha yuz yoki hatto bir necha ming kishining yuzini qoplaydigan kiyim elementini taqiqlash shartmi?”

May oyi oxirida Tatariston muftiysi Komil Samigullin ham xuddi shunday fikrni bildirib, niqoblar haqidagi muhokamani «ahamiyatsiz» va kiyimning anʻʻanaviy elementini taqiqlash istagini “islomofobik hujum” deb atagan edi. Samigullinning taʻʻkidlashicha, taqiq radikalizmga qarshi kurashda "hech qanday yordam bermaydi", lekin "bu Rossiyaga qarshi axborot urushini kuchaytirish uchun sabab boʻlishi mumkin".

Avvalroq, dushanba kuni Dogʻiston muftiysi Ahmad Abdullaev niqobni vaqtinchalik taqiqlash boʻyicha fatvo chiqarilishini eʻʻlon qilib, "ayollarni uyda oʻtirishga" chaqirgan, chorshanba kuni esa Shimoliy Kavkaz respublikasi diniy boshqarmasi niqobni vaqtinchalik taqiq boʻyicha fatvo berdi.

Mavzuga aloqador