Britaniyada boshqa millat vakillaridan 87 nafar nomzod parlamentga kirdi
Britaniyada payshanba kuni boʻlib oʻtgan umumiy saylovlardan soʻng turli etnik millatga mansub 87 nafar parlament aʻʻzosiga parlamentda vakillik qilish huquqi berildi. Ularning 66 nafari Falastinni tan olishga vaʻʻda bergan Leyboristlar partiyasi aʻʻzosidir. 2019 yilgi saylovlardan beri milliy ozchilik vakillaridan deputatlar soni 21 nafarga koʻpaydi.
Buyuk Britaniyada payshanba kuni boʻlib oʻtgan umumiy
saylovlardan soʻng turli etnik millatga mansub 87 nafar parlament aʻʻzosiga
parlamentda vakillik qilish huquqi berildi.
“Britaniya
kelajagi” tahliliy
markazi tomonidan olib borilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, mamlakatdagi saylovchilarning 14 foizi
turli etnik millatlarga mansub.
Unda aytilishicha, bu holat payshanba kuni boʻlib oʻtgan umumiy
saylovlardan soʻng parlamentda oʻz aksini topgan, turli etnik guruhlardan boʻlgan
87 nafar parlament aʻʻzosi parlamentga kirish huquqiga ega boʻlgan, bu barcha
parlament aʻʻzolarining 13 foiziga toʻgʻri keladi.
2019 yilgi saylovlardan beri ozchilikdagi deputatlar soni 21
taga koʻpaydi va qayd etilgan. Ushbu
deputatlarning 66 nafari Falastinni
davlat sifatida tan olishga vaʻʻda bergan Leyboristlar partiyasi
aʻʻzolaridir.
Tadqiqotda aytilishicha, 13 nafar ozchilikdagi deputatlar
Konservativlar partiyasi aʻʻzosi hisoblansa, yana 4 nafari mustaqil nomzod
sifatida parlamentga kirgan.
Shuningdek, tadqiqot shuni koʻrsatdiki, parlamentning turli
millat vakillaridan 48 nafari ayollardir.
“Britaniya
kelajagi” direktori
Sunder Katvalaning aytishicha, yangi tuzilgan parlament jamiyatdagi xilma-xillikni
eng yaxshi aks ettiradi.
Parlamentning har etti aʻʻzosidan biri turli etnik
guruhlardan ekanligini taʻʻkidlagan Katvala, "Bu holat etnik
xilma-xillikning asosiy siyosiy partiyalar orasida yangi normaga aylanganini
koʻrsatadi",
dedi.
Uning fikricha, inklyuzivlik va plyuralizm muvaffaqiyatli siyosat
garovidir.
“Bizning irq haqidagi munozaralarimiz oddiy qutblanishdek
tuyulishi mumkin, ammo uning polifoniyadagi ulushi juda muhim. Yangi Vakillar palatasida etnik
muammolar kun tartibiga kelganda, ozchilikdagi deputatlar oʻz tajribalari bilan
oʻrtoqlashish uchun u erda boʻlishadi”, dedi u.