2024 yilning dastlabki 5 oyida 2,2 mln yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 35,5 foiz (569,2 ming) koʻproq Oʻzbekiston fuqarosi sayyohlik maqsadida xorijga chiqdi. Oʻzbekistonliklar eng koʻp Qirgʻizistonga bordi – qariyb 1 mln kishi. Keyingi oʻrinlarda Tojikiston (449,8 ming), Qozogʻiston (322,5 ming) va Saudiya Arabistoni (100,2 ming) turibdi.

Oʻzbekistonliklarning turistik maqsadlarda eng koʻp chiqayotgan davlatlari roʻyxatida Qirgʻiziston, Tojikiston, Qozogʻiston va Saudiya Arabistoni etakchilik qilgan.

2024 yilning yanvar-may oylarida 2,2 mln nafar oʻzbekistonlik turistik maqsadlarda chet elga chiqqan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 569,2 ming nafarga yoki 35,5 foizga oshgan.

Joriy yilning 5 oyida turistik maqsadlarda chet elga ketgan Oʻzbekiston fuqarolarining mamlakatlar kesimida soni:

– Qirgʻiz Respublikasi – 995,3 ming nafar;

– Tojikiston – 449,8 ming nafar;

– Qozogʻiston – 322,5 ming nafar;

– Saudiya Arabistoni – 100,2 ming nafar;

– Rossiya – 86,5 ming nafar;

– Turkiya – 63,9 ming nafar;

– BAA – 55,7 ming nafar;

– Quvayt – 16,5 ming nafar;

– Misr – 13,5 ming nafar;

– Janubiy Koreya – 8,3 ming nafar;

– Boshqa davlatlar – 59,5 ming nafar.

Mavzuga aloqador