05.07.2024 10:45

Germaniya Isroilga AQShdan keyin ikkinchi yirik qurol yetkazib beruvchi hisoblanadi

Isroil Gʻazo sektorida insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan bir vaqtda Germaniya ushbu qotil davlatga eng koʻp qurol etkazib berish boʻyicha AQShdan keyingi ikkinchi oʻrinda turibdi, deb yozmoqda "Anadolu" agentligi.

Stokgolʻm Xalqaro tinchlik tadqiqot instituti (SIPRI) maʻʻlumotlariga koʻra, 2023 yilda Germaniya 47 foiz ulush bilan Isroilga "oddiy qurollarning asosiy toifalari" etkazib beruvchisiga aylandi va AQShdan (53 foiz) keyin ikkinchi oʻringa chiqdi. 2003 yildan beri Germaniya Isroilga oddiy qurollarni import qilish boʻyicha doimiy ravishda ikkinchi va baʻʻzan birinchi oʻrinda turadi.

Isroil armiyasi Germaniyaning ThyssenKrupp kema quruvchisi tomonidan yaratilgan kemaning Gʻazo sektorida zarbalar bergani tasvirini eʻʻlon qildi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlarda isroillik harbiylarning Matador RGW 90 granatomyotlaridan foydalangani tasvirlari paydo boʻldi, ular Germaniyada ishlab chiqarilgan dvigatellar bilan jihozlangan. Bularning barchasi Isroil Germaniyadan sotib olingan qurollardan Gʻazo sektorida foydalanayotganidan dalolat beradi.

Germaniya hukumati 2023 yilda Isroilga 326,5 million evro miqdorida qurol etkazib berishni maʻʻqulladi.

Germaniya hukumati maʻʻlumotlariga koʻra, 2023 yilda Isroilga harbiy texnika eksporti uchun 308 ta litsenziya tasdiqlangan boʻlib, umumiy qiymati 327 million evroga yaqin. Bu tasdiqlangan litsenziyalarning umumiy qiymati 32,3 million evroni tashkil qilgan 2022 yilga nisbatan oʻn barobar koʻpdir.

Nemis matbuotiga koʻra, 7 oktyabrdan 2 noyabrgacha boʻlgan vaqt oraligʻida atigi 26 kun ichida 185 ta individual eksport ruxsatnomasi tasdiqlangan.

2023 yil noyabrʻ oyida Germaniya hukumati “Tashqi ishlar vazirliklari, Iqtisodiyot vazirligi va eksport nazorati idorasidan iborat ishchi guruh tuzdi, unga Isroilning qurol-yarogʻ soʻrovlarini tezlashtirish vazifasi yuklandi”.

2023 yilda Isroilga ruxsat etilgan individual eksport litsenziyalari orasida gʻildirakli va zanjirli harbiy mashinalar (65 litsenziya), harbiy texnologiya (57 litsenziya) va harbiy elektronika (29 litsenziya) mavjud edi.

Isroilga eksport qilish uchun ruxsatnomalar, shuningdek, inson tomonidan olib boriladigan tankga qarshi qurollar, havo hujumidan mudofaa tizimlari, aloqa uskunalari, torpedalar, raketalar, portlovchi moddalar, oʻq-dorilar, yirik kalibrli qurollar va oʻq otish qurollarini oʻz ichiga olgan.

Germaniya Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek Isroil xalqaro huquqni hurmat qilishi kerakligini aytdi. “Ochlik, Falastin xalqining iztiroblari va Gʻazo sektoriga qilingan hujumlar xalqaro huquqqa toʻgʻri kelmaydi. Isroil u erda oʻz chegaralarini kesib oʻtgan. U bunday qilmasligi kerak”, dedi u.

Biroq, Xabekning bayonotlariga qaramay, Germaniya qurollarining Isroilga eksporti 2024 yilning birinchi 5 oyida ham davom etdi.

Mavzuga aloqador