Qirgʻiziston maxsus xizmatlari mamlakatda davlat toʻntarishiga urinishning oldi olinganini maʻʻlum qildi. Qayd etilishcha, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Qirgʻizistonning toʻrt nafar fuqarosi qoʻlga olingan. Shuningdek,

Qirgʻiziston maxsus xizmatlari mamlakatda davlat toʻntarishiga urinishning oldini oldi. Bu haqda 5 iyulʻ kuni mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi matbuot xizmati Instagram ijtimoiy tarmogʻida maʻʻlum qildi.

Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi maxsus operatsiya tafsilotlarini eʻʻlon qildi.

“Qirgʻiziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi fuqarolar xavfsizligini taʻʻminlash va konstitutsiyaviy tuzum asoslarini himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida zoʻravonlik harakatlarini amalga oshirish, fuqarolarning oʻlimi bilan bogʻliq ommaviy tartibsizliklar uyushtirish orqali hokimiyatni egallab olish va mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishni rejalashtirgan buzgʻunchi guruhning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻydi, - deyiladi xabarda.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Qirgʻizistonning toʻrt nafar fuqarosi qoʻlga olindi. Ular tergov izolyatoriga joylashtirildi.

Tergov maʻʻlumotlariga koʻra, guruh jinoyatchilik mafkurasini qoʻllab-quvvatlovchi, shuningdek, aqidaparast diniy mafkurani targʻib qiluvchi shaxslardan tuzilgan.

Hibsga olinganlarning yashash joyi va foydalanayotgan avtotransport vositalarini tintuv qilish chogʻida qoʻlbola portlovchi qurilmalar uchun butlovchi qismlar, oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, ratsiyalar, zirhlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining kiyim-kechaklari, dronlar, ekstremistik adabiyotlar, shuningdek, taqiqlangan boshqa ashyolar topilgan va musodara qilingan.

Hozirda qoʻshimcha tergov-tezkor tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Mavzuga aloqador