Bomba ostidagi G’azo: 273-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 273 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Xon Yunisga,
Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga, Gʻazo markaziga hujum qildi. 24 soat ichida 58
kishi vafot etdi. Urush boshlanganidan beri jami 38 011 kishi shahid boʻldi.
▪️Al-Qassam brigadalari Shujayi va Rafahda
bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda. Bir kunda uchta tank yoʻq
qilindi.
▪️Gʻarbiy Sohilda ishgʻolchilar Nablus, Xalil, Jenin, Ramallah
va Qalkiliyaga hujum qiladi. 20 falastinlik hibsga olindi.
▪️Jenin shahrida qarshilik jangchilari va bosqinchilar oʻrtasida
toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi.
Ishgʻol qiruvchi samolyotlardan foydalandi. Toʻrt nafar
qurbon berildi.
▪️Husiylar: 6 ta kemaga hujum qildik, qoʻllab-quvvatlash
operatsiyasi boshlanganidan beri hujum qilingan kemalarning umumiy sonini 162 taga
etkazdik.
▪️Hizbulloh bosib olingan hududlarga 200 dan ortiq Katyusha
raketalarini otdi. Shimoliy Isroil ikkinchi kundirki olov ichida.
▪️Isroilning Eylat portida bankrotlik jarayoni boshlandi.
Oʻtgan oy husiy
hujumlari natijasida bu
erga faqat bitta kema langar
tashladi, xolos.
▪️Saudiya Tashqi ishlar vazirligi: Falastin maʻʻmuriyatining bu
erda boʻlishi uchun Gʻazoga xalqaro kuchlar kiritilishini qoʻllab-quvvatlaymiz.
▪️Husiylar: Biz barcha arab va islom davlatlariga
amerikaliklar bilan mamlakatimizga hujum qilmaslikni maslahat beramiz. Saudiya
Arabistoni bu masalada qaysarlik bilan oʻziga yomonlik qilmoqda.