05.07.2024 08:20

Le Monde – Shvetsiyada musulmonlarga hujumlar kuchaygani haqida

Le Monde gazetasining yozishicha, soʻnggi yillarda Shvetsiyada umuminsoniy qadr-qimmatni tushirishga qaratilgan musulmonlarga qarshi hujumlar soni ortgan. Bu kabi hodisa butun mamlakat miqyosida keng tarqalgan boʻlib, masjidlarga hujum qilish va hijobli ayollarni haqorat qilishdan tortib, ish joyida yoki jamiyatda islomga qarshi soʻzlarni aytish kabi holatlarda namoyon boʻlmoqda.

Skovdedan xabar bergan jurnalist Anne-Fransuaza Xivert 2023 yilda ochilgan Skovde masjidiga yovvoyi choʻchqa goʻshti tashlab ketilgan voqeani tasvirlab berdi. Jinoyatchi qilmishi Bosniya islom uyushmasi tomonidan oʻrnatilgan videokuzatuv kameralari tomonidan yozib olinganidan bexabar boʻlgan.

“Afsuski, biz bunday ishlarga oʻrganib qolganmiz”, –  deydi uyushma ishchisi Mirza Babovich (66). U eski namozxonlar zalida islomga qarshi ramzlar chizilgani, qurilish maydonchasiga choʻchqa qoldiqlari tashlab ketilgani va deraza oynalari sindirib ketilgani kabi holatlarni esga oldi.

Imom Samajo Sahat Evropada Islomga qarshi ritorikalar joʻrligida boʻlib oʻtgan umumevropa saylovlaridan bir necha kun muqaddam sodir boʻlgan yana bir salbiy hodisa toʻgʻrisida politsiyaga shikoyat qilgani, biroq bu kabi holatlar reklama qilinmasligi hamda boshqalar xayolida ularni sodir etish fikrini uygʻotmaslik maqsadida bu haqda matbuotga maʻʻlum qilmaganini aytdi. Biroq mahalliy matbuot bu haqda xabar topib, keng yoritgan.

Shvetsiyada Islomga qarshi gap-soʻzlar yuqori lavozimli siyosatchilar tomonidan ham baralla taʻʻkidlab kelinadi. Xususan, oʻta oʻng partiya etakchisi Jimmi Akesson 2023 yil noyabrʻ oyida masjidlarni vayron qilish, yangilarini qurishni taqiqlash va islomiy jamoalar ustidan nazorat oʻrnatishni xohlayotganini aytgan edi. Uning oʻrinbosari Richard Jomshoff esa jamoat joylarida barcha islomiy ramzlarni fashistlar ramziga oʻxshatib, ularni taqiqlashga chaqirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda hukmron koalitsiya tarkibiga kiruvchi oʻta oʻng partiya vakillari “shvedlar oʻz mamlakatlarida ozchilikka aylanmoqchi” deya “Shvetsiyaning islomlashuvini” qoralashda davom etmoqda. Jimmi Akessonning aytishicha, musulmonlar "Shvetsiya uchun eng katta xavf"dir. Boshqa guruhlar ham Evropa saylovlari oldidan ushbu ritorikadan foydalana boshladilar.

Xristian Demokratik partiyasi etakchisi, hukumatdagi ikkinchi raqamli shaxs hisoblangan Eba Bush Shvetsiyada “islomning yuksalishi bilan bogʻliq katta muammo” borligini va musulmonlar “hijob oʻramaydigan ayollarni toshboʻron qilish hamda gomoseksuallarni osmonoʻpar binolardan pastga uloqtirishga tayyor” ekanini aytdi.

Bu kabi izohlar Volvo zavodi ishchisi, 47 yoshli Masud Babichni hayratda qoldirdi, u musulmonlarni potentsial "jinoyatchi yoki terrorchi" sifatida koʻrsatish davom etayotganidan gʻazablangan. Uning taʻʻkidlashicha, qizlari maktabda yoki ish qidirayotganda kamsitishlarga duchor boʻlishlaridan qoʻrqib, ijtimoiy tarmoqlarga masjid tadbirlarida tushgan suratlarini joylashtirishni toʻxtatgan.

1995 yildagi urush vaqtida Saraevodan qochgan Samajo Sahat Shvetsiyani tanimayotgani taʻʻkidlab, uni “butunlay boshqa davlat” deb ataydi. Skovde kasalxonasida ham ishlaydigan imom siyosiy etakchilarni musulmonlarni haqorat qilish va qoʻrqitishni qonuniylashtirganlikda ayblaydi.

Huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha kengashning soʻnggi maʻʻlumotlariga koʻra, 2022 yilda islomga qarshi harakatlar yuzasidan 234 ta murojaat tushgan. Biroq, tahlilchi Liza Uollenga koʻra, bu raqamlar haqiqiy holatni anglatmaydi, chunki kam sonli odamlar shikoyat qilishga jurʻʻat etadi. Uning taʻʻkidlashicha, 160 ming qochqinning, asosan, Yaqin Sharqdan kelganlari “soʻnggi tomchi” boʻlgan. 

Mavzuga aloqador