05.07.2024 09:30

Soʻrov: Erondagi prezidentlik saylovlarida Masud Pezeshkian ustunlikka ega

Eronda prezidentlik saylovining ikkinchi turiga ovoz berish boshlandi. Unda ikki nomzod 69 yoshli sobiq sogʻliqni saqlash vaziri, islohotchi Masud Pezeshkiyan hamda Eron rahbarining respublika Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi 58 yoshli vakili, konservativ Said Jaliliy prezidentlik lavozimi uchun kurashmoqda. 3 iyulʻ kuni oʻtkazilgan soʻrovlarda ishtirokchilarning 49,5 foizi islohotchi nomzod Pezeshkianga ovoz berishini aytgan. Saylovchilarning 43,9 foizi esa konservativ nomzod Said Jalilini afzal koʻrgan.

Eronda prezidentlik saylovining ikkinchi turiga ovoz berish boshlandi. Unda ikki nomzod 69 yoshli sobiq sogʻliqni saqlash vaziri, islohotchi Masud Pezeshkiyan hamda Eron rahbarining respublika Milliy xavfsizlik oliy kengashidagi 58 yoshli vakili, konservativ Said Jaliliy prezidentlik lavozimi uchun kurashmoqda.

Eron Talabalar soʻrov agentligi (ISPA) 3 iyulʻ kuni mamlakat boʻylab prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi boʻyicha oʻtkazilgan soʻrov natijalarini taqdim etdi.

Unga koʻra, prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichida islohotchi nomzod Masud Pezeshkian 49,5 foiz ovoz bilan etakchilik qilmoqda, saylovchilarning 43,9 foizi esa konservativ nomzod Said Jalilini afzal koʻrgan.

31 viloyatda 18 yoshdan oshgan 3606 kishi ishtirok etgan soʻrovda, ovoz berishini aytgan yoki qatnashmoqchi boʻlgan saylovchilarga “Agar hozir prezidentlik saylovi oʻtkazilsa, siz Pezeshkian yoki Jaliliy orasidan kimga ovoz bergan boʻlardingiz?” deb soʻralgan.

Soʻrovda qatnashganlarning 49,5 foizi islohotchi nomzod Pezeshkianga, 43,9 foizi esa Milliy xavfsizlik Oliy kengashining sobiq bosh kotibi, konservativ nomzod Jaliliyga ovoz berishini aytgan.

Ishtirokchilarning 4,8 foizi ovoz berishini aytdi, lekin hali qaror qilmagan, 1,8 foizi “hammaga qarshi” ovoz berishini aytdi.

Eslatib oʻtamiz, 28 iyunʻ kuni boʻlib oʻtgan birinchi turda Pezeshkiyan va Jalili mos ravishda 44 foiz va 40 foiz ovoz olgan edi. Gʻalaba qozonish uchun esa 50 foizdan koʻproq ovoz  olish talab etiladi. Mazkur saylovda saylovchilarning 40 foizi ishtirok etdi, bu Islom Respublikaning 45 yillik tarixidagi eng past koʻrsatkichdir. Saylov byulletenlarining kamida 4 foizi haqiqiy emas deb topildi.

Prezidentlik poygasining ikkala ishtirokchisi ham iqtisodiy oʻsish, ijtimoiy taraqqiyot va mamlakat barqaror rivojlanishi tarafdori. Pezeshkiyan xorijiy sarmoyani jalb qilish, Gʻarb bilan muloqot va Qoʻshma keng qamrovli harakatlar rejasini (yadroviy kelishuv) tiklash tarafdori. Sogʻliqni saqlash vazirligining sobiq rahbari, Gʻarbiy Ozarbayjon viloyatida tugʻilgan, Islom Respublikasi ayollari va etnik ozchiliklari huquqlarini kengaytirishga vaʻʻda berdi va rasmiylarning hijobni majburiy kiyish boʻyicha pozitsiyasini tanqid qildi.

Jaliliy esa Gʻarb sanktsiyalariga qarshi kurashda ichki salohiyatga tayanish, qurolli kuchlarni kuchaytirish va 19 may kuni aviahalokatda halok boʻlgan prezident Ibrohim Raisi tashqi siyosatini davom ettirish tarafdori.

Mavzuga aloqador