05.07.2024 15:45

Rishi Sunak bosh vazirlikdan isteʻʻfoga chiqishini bildirdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Konservativ partiyaning parlament saylovlarida magʻlubiyatga uchragani ortidan isteʻʻfoga chiqish niyati borligini maʻʻlum qildi. “Bu ishga bor kuchimni berdim, lekin siz Britaniya hukumati oʻzgarishi kerakligi haqida aniq signal yubordingiz”, - dedi u. Britaniya bosh vaziri, shuningdek, Konservativ partiya nomzodlari va xodimlaridan saʻʻy-harakatlari samarasizligi uchun uzr soʻradi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak Konservativ partiyaning parlament saylovlarida magʻlubiyatga uchragani ortidan isteʻʻfoga chiqish niyati borligini maʻʻlum qildi.

“Tez orada qirol janoblari bilan uchrashib, unga mamlakat bosh vaziri lavozimidan isteʻʻfoga chiqishni taklif qilaman. Mamlakat uchun juda afsusda ekanligimni aytmoqchiman. Bu ishga bor kuchimni berdim, lekin siz Britaniya hukumati oʻzgarishi kerakligi haqida aniq signal yubordingiz. Va sizning hukmingiz – muhim boʻlgan yagona narsa. Sizning gʻazabingiz va umidsizliklaringizni eshitdim hamda bu yoʻqotish uchun toʻliq javobgarlikni oʻz zimmamga olaman", – dedi Sunak bir kun avval mamlakatdagi saylovlardan soʻng soʻzga chiqar ekan.

Britaniya bosh vaziri, shuningdek, Konservativ partiya nomzodlari va xodimlaridan saʻʻy-harakatlari samarasizligi uchun uzr soʻradi.

Sunak oʻz ishini sarhisob qilar ekan, Buyuk Britaniya kuchliroq ekanini taʻʻkidladi.

“Mamlakatimiz 20 oy oldingiga qaraganda xavfsizroq va kuchliroq ekanligiga ishonaman. 2010 yilga qaraganda esa ancha obod, adolatli va barqaror”, — dedi u.

Britaniya bosh vaziri saylovda Leyboristlar partiyasi bilan birgalikda gʻalaba qozongan raqibi Key Starmerga ham muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib oʻtamiz, 4 iyulʻ, payshanba kuni Buyuk Britaniya jamoatlar palatasiga saylovlar boʻlib oʻtdi. Unda Leyboristlar partiyasi 33,8 foiz bilan 23,7 foiz ovoz toʻplagan Konservativlar partiyasining 14 yillik hukmronligiga barham berdi. Saylovlar natijasiga koʻra, 650 oʻrinli Britaniya parlamentida 412 oʻrin Leyboristlar partiyasiga nasib qildi.

Mavzuga aloqador