-
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) RF tarkibidagi Adigeya Respublikasining Maykop shahrida joylashgan pravoslav cherkoviga Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi hujum uyushtirishni rejalashtirganini maʻʻlum qildi. Uning hujum rejasini ishlab chiqqani, hududda razvedka ishlarini olib borgani va zarur jihozlarni sotib olib, qoʻlbola yondiruvchi moslama yasagani maʻʻlum qilindi.
-
Oʻlimlar soni tugʻilishlar sonidan oshib ketgan Evropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi 2023 yilda migratsiya hisobiga koʻpaydi. Oʻtgan yil davomida umumiy aholi soni 447,6 milliondan 449,2 million kishiga oshgan.
-
Xitoyda kreditga asoslangan rivojlanish nihoyat o'sishni to'xtatdi va mamlakat va jahon iqtisodiyoti uchun jiddiy tahdidga aylanmoqda. Bir hafta ichida mamlakatda 40 ta bank yopildi, yana 3800 ta moliya instituti bankrotlik yoqasida. Ularning aksariyati ishlab chiqaruvchilar va mahalliy hokimiyatlarga kreditlar berdi.
-
Marokash Isroil aerokosmik konsernidan 1 milliard dollarga sun’iy yo‘ldosh sotib olishni rejalashtirmoqda. Fransuz OAVlarining fikricha, kelishuv o‘tgan yozda, Isroil G‘azoga bostirib kirishidan oldin tuzilgan. Biroq, davom etayotgan mojaroga qaramay, Rabot kelishuvni bekor qilmadi. Avvalroq Marokash Ispaniyaning yoqilg‘i va oziq-ovqat bo‘yicha so‘rovini rad etgan Isroil harbiy kemasiga qo‘l ochgan edi.
-
Париж олимпиадаси олдидан шаҳардаги минглаб уйсизлар автобусларда мамлакатнинг чекка ҳудудларига олиб кетилди. Уларга уй-жой ва ижтимоий ёрдам пакетлари ваъда қилинган, бироқ аксарият ҳолларда ўз ҳолларига ташлаб қўйилган.
-
Qozog‘iston Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi o‘z mijozlaridan 10 avgustgacha Rossiya qimmatli qog‘ozlarini o‘z tasarrufidan olib qo‘yishni talab qildi. Bunga AQSh moliya vazirligi iyun oyida Moskva fond birjasi va Rossiya depozitariysiga qarshi sanksiyalar joriy etgani sabab bo‘lgan.
-
Федерал қидирув бюроси раҳбари Кристофер Рей америкаликларни АҚШ ҳудудида Москва яқинидаги "Крокус Сити холл"га уюштирилган ҳужумга ўхшаш теракт содир этилиши эҳтимоли ҳақида огоҳлантирди.
-
Ўзбекистон фуқароси "Вагнер" ХҲК сафида Украинада урушгани учун 2,5 йил ахлоқ тузатиш ишларига жалб қилинди. У Россияда гиёҳванд моддалар савдосида айбланиб 7 йил муддатга қамалган, сўнгра ХҲК билан шартнома имзолаб, муддатидан олдин озодликка чиқарилган ва жабҳага юборилган.
-
Исроил Ғазо секторида босқинчилик ва қирғинбарот урушини бошлаганига 279 кун бўлди. 24 соат давомида Ғазо сектори, Иордан дарёсининг Ғарбий соҳили ҳамда бутун Яқин Шарқ ҳудудида содир бўлган асосий воқеалар.
-
1995 yil 11 iyulʻ kuni Bosniya va Gertsogovina sharqidagi Srebrenitsa shahrida qurollangan serb ayirmachilari va harbiylari tomonidan 8 mingdan ortiq musulmon ommaviy ravishda oʻldirildi. Ikkinchi Jahon urushidan keyin Evropada roʻy bergan eng yirik qatliomga 29 yil toʻldi.