11.07.2024 18:04

FQB amerikaliklarni "Krokus" kabi qo'poruvchilik harakatidan ogohlantirdi.



Federal qidiruv byurosi rahbari Kristofer Rey amerikaliklarni AQSh hududida Moskva yaqinidagi "Krokus Siti xoll"ga uyushtirilgan hujumga oʻxshash terakt sodir etilishi ehtimoli haqida ogohlantirdi.  

Uning soʻzlariga koʻra, “xorijiy terroristik tashkilotlar”ning tegishli chaqiriqlari Qoʻshma Shtatlarda keng koʻlamli terakt sodir etish xavfi borligidan dalolat beradi.

Shu bilan birga, FQB rahbari yana bir bor Vashingtonning "Krokus"dagi terakt ortida IShID turgani haqidagi taxminini tilga oldi. 

Oʻz navbatida, Rossiya maxsus xizmatlari RFdagi millatlararo birdamlikni buzishga urinayotgan Ukraina, Britaniya va AQShni "Krokus"dagi teraktda aloqador deb hisoblamoqda.

Mavzuga aloqador