11.07.2024 14:20
409
Bomba ostidagi G’azo: 279-kunning asosiy voqealari
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 279 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
▪️Bosqinchilar Magʻozi va Nuseyrat lagerlari, Rafah va Gʻazo markaziga hujum qildi. Urush boshlanganidan buyon 38295 kishi shahid boʻldi.
▪️Gʻarbiy Sohilda bosqinchilar Ramallah, Xalil, Tulkarmga bostirib kirishmoqda.
▪️Rafahda Al-Qassam brigadalari bosqinchilar qarorgohiga hujum uyushtirdi. Koʻp sonli bosqinchilar halok boʻldi.
▪️Gʻazo Ichki Ishlar Vazirligi: Isroilning Gʻazo shahrini evakuatsiya qilish haqidagi buyrugʻi tinch aholiga qarshi psixologik urushning bir koʻrinishidir, chunki odamlarning qochadigan joyi yoʻq.
▪️Turkiya parlamenti Gʻazo urushida qatnashgan ikki fuqaroligi boʻlgan turk yahudiy fuqarolarini mablagʻlarni muzlatish va fuqarolikdan mahrum qilish loyihasini muhokama qilmoqda.
▪️Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi: Gʻazoda urush boshlanganidan beri Livandagi ishgʻolchilarning hujumlari natijasida 466 kishi halok boʻldi, 1438 kishi yaralandi.
▪️BMTning Gʻazodagi koordinatori: Xon Yunis qumtepa va vayronalarga aylandi. Hududdagi barcha binolar vayron qilingan.