11.07.2024 16:30
"Вагнер" сафида Украинадаги урушда қатнашган Ўзбекистон фуқаросига ҳукм ўқилди
Ohangaron sudi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi saflarida jang qilgan Oʻzbekiston fuqarosini oylik maoshining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolgan holda 2,5 yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qildi. Hukm shu yilning may oyida chiqarilgan, deb xabar qilmoqda Oliy sud matbuot xizmati.
Jinoiy ish materiallariga koʻra, 26 yoshli Oʻzbekiston fuqarosi 2019 yil oxirida Rossiyaga ishlash uchun ketgan. Tez orada Moskvada giyohvand moddalar savdosi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan va 2021 yil sentyabrʻ oyida Rossiya sudi uni etti yilga ozodlikdan mahrum qilgan.
Biroq oradan bir yildan sal koʻproq vaqt oʻtgach, Oʻzbekiston fuqarosi “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasiga ishga olingan va Ukrainaga kelib, jangovar harakatlarda faol qatnashgan.
Oʻzbekiston Oliy sudi uning boʻlinmasi aynan qaerda joylashganiga aniqlik kiritmadi, biroq urushda qatnashgan olti oy davomida 10 800 dollar ishlab topgan va “Jasorat uchun” medali bilan taqdirlangan. Shuningdek, tayinlangan qamoq jazosining qolgan qismidan ozod qilingan.
Oʻtgan yilning avgust oyida Oʻzbekistonga qaytib kelgan, keyinchalik shu erda hibsga olinib, yollanishda ayblangan.
Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasida besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish muddati koʻzda tutilgan, biroq Ohangaron sudi engilroq jazo tayinlagan. Sud hukm chiqarishda qanday engillashtiruvchi holatlarni hisobga olgani koʻrsatilmagan.