11.07.2024 13:43
11 iyulʻ kuni Srebrenitsa qatliomiga 29 yil toʻldi
11 iyulʻ kuni Bosniya va Gertsogovina sharqidagi Srebrenitsa shahrida bosniyalik musulmonlar qatliom qilinganiga 29 yil toʻldi.
Shundan buyon Bosniya va Gertsegovina aholisi 1995 yil 11 iyulʻ kuni Srebrenitsa shahrida serb ayirmachilari va harbiylari tomonidan oʻldirilgan 8 mingdan ortiq musulmonlar xotirasiga hurmat bajo keltiradi.
Srebrenitsa qatliomi Ikkinchi jahon urushidan keyingi Evropadagi eng dahshatli insoniy falokat sanaladi.
Har yili 11 iyulʻ kuni genotsid qurbonlarining qoldiqlari shaxsini aniqlash jarayonidan soʻng Potochari shahridagi qabristonga dafn etiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi 1993 yil aprelʻ oyida Srebrenitsani xavfsiz hudud deb eʻʻlon qilgandi.
Biroq bu qirgʻinlarning oldini olmadi. Shahar 1995 yil 11 iyulda Ratko Mladich boshchiligidagi Bosniya serblari armiyasi tomonidan bosib olinadi. Mladich keyinroq Gaagadagi Xalqaro tribunal tomonidan genotsid va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.
Bosniyalik tinch aholi Gollandiya tinchlikparvar kuchlaridan BMTdan himoya topishga harakat qilishadi, ammo gollandlar ularni serblar qoʻliga topshiradi.
8000 dan ortiq bosniyalik oʻrmonlar, fabrikalar va omborlarda halok boʻldi. Oʻldirilgan bosniyaliklarning jasadlari ommaviy qabrlarga koʻmilgan.
Avvalroq BMT Bosh Assambleyasi 1995 yilda Srebrenitsadagi voqealarni genotsid deb tan olish va 11 iyulni Bosniyalik musulmonlar genotsidi qurbonlarini xotirlash kuni sifatida belgilash haqidagi rezolyutsiyani qabul qilgani haqida xabar bergan edik.