12.07.2024 07:36

Қозоғистон Россия қимматли қоғозлари билан хайрлашмоқда

Qozogʻiston Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi oʻz mijozlaridan 10 avgustgacha Rossiya qimmatli qogʻozlarini uning ixtiyoridan chiqarib olishni talab qildi. Bunga AQSh Gʻaznachiligi iyunʻ oyida Moskva birjasi va Rossiya depozitariysiga qarshi sanktsiyalar kiritgani sabab qilib koʻrsatildi.

Qozogʻiston Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi oʻz mijozlaridan 10 avgustgacha Rossiya qimmatli qogʻozlarini uning ixtiyoridan chiqarib olishni talab qildi, deb yozadi «RBK». Bunga AQShning Rossiya Milliy hisob-kitob depozitariysiga qarshi sanktsiyalari sabab boʻldi.

RBK” Qozogʻiston brokerlariga yuborilgan xabarnomani qoʻlga kiritgan. Unda aytilishicha, AQShning bloklovchi sanktsiyalariga tushgan Rossiya Milliy hisob-kitob depozitariysi bilan bogʻliq qimmatli qogʻozlarni chiqarib olish boʻyicha tranzaktsiyalarni amalga oshirish zarur.

AQSh Gʻaznachiligi iyunʻ oyida Moskva birjasi va depozitariysiga qarshi sanktsiyalar kiritdi, ammo ular bilan bogʻliq tranzaktsiyalarga 13 avgustga qadar ruxsat berdi.

“Aslida, maktubda aytilishicha, ular barcha hisob-kitoblarni yakunlashni va Qozogʻiston depozitariysini Rossiya ISIN (identifikatsiya kodi) qimmatli qogʻozlaridan tozalashni tavsiya qiladi. Qozogʻiston depozitariysi bu qimmatli qogʻozlarni portfelda koʻrishni istamayapti”, — deya Evropaning Mind Money brokeri bosh direktori Yuliya Xandoshkoning soʻzlaridan iqtibos keltiradi RBK”.

Keyinroq Markaziy depozitariy TASS agentligiga maktub AQSh sanktsiyalari bilan bogʻliqligi va qimmatli qogʻozlarni olib chiqish muddati 10 avgustgacha belgilanganini tasdiqladi.

Depozitariy – qimmatli qogʻozlarni (aktsiya va obligatsiyalar) saqlaydigan va ular bilan tuzilgan bitimlarni roʻyxatdan oʻtkazuvchi tashkilot.

Mavzuga aloqador