Olimpiada oldidan Parijdagi barcha uysizlar shahardan chiqarib yuborilgan
Parij olimpiadasi oldidan shahardagi minglab uysizlar avtobuslardan mamlakatning chekka hududlariga olib ketildi. Ularga uy-joy va ijtimoiy yordam paketlari vaʻʻda qilingan, biroq aksariyat hollarda oʻz hollariga tashlab qoʻyilgan.
Frantsiya hukumati Olimpiada arafasida Parijdan 5 mingga yaqin uysizni quvib chiqardi. Politsiya minglab uysiz muhojirlarni
avtobuslarga mindirib, Frantsiyaning chekka hududlariga joʻnatgan. Muhojirlarning
xabar berishicha, hukumat ularni boshqa shaharlarda uy bilan taʻʻminlashga vaʻʻda
bergan, ammo ular uydan uzoqda notanish koʻchalarda qolgan yoki deportatsiya uchun
belgilangan, deb yozadi The New York Times (NYT).
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Olimpiya oʻyinlari
mamlakatning buyukligini namoyish etishiga vaʻʻda berdi. Ammo Olimpiya qishlogʻi
Parijning eng qashshoq chekka
tumanlaridan birida qurilgan boʻlib, bu erda
minglab odamlar koʻchalarda chodirlarda, boshpanalarda yoki tashlandiq binolarda yashardi.
“Bizni Olimpiada tufayli qaerga ketayotganimizni tushuntirmasdan olib ketishdi”, - deydi Olimpiya
qishlogʻi yaqinidagi tashlandiq tsement zavodidan haydalgan chadlik Muhammad Ibrohim.
U avvaliga Parij janubidagi boʻsh binoga koʻchib oʻtgan, u erdan aprelʻ oyida politsiya
tomonidan quvib chiqarilgan.
Avtobusda
janubi-gʻarbiy tomonga, Orlean yaqinidagi shaharchaga olib borilgan.
“Bizga uy-joy va ijtimoiy yordam vaʻʻda qilingandi. Lekin oxir-oqibat taqdir hukmiga tashlab ketildik”, - deydi Sharl de Goll aeroportida samolyot
tozalovchi boʻlib ishlaydigan sudanlik Yusuf Ahmad.
Parij va uning atrofida 100 ming boshpanasiz odam uchun
boshpana etarli emas. Hukumat, xususan, uysiz odamlarni mamlakatning boshqa
hududlariga taqsimlash orqali muammoni engishga harakat qilmoqda. Oʻtgan yili Frantsiya hukumati 10 ta
vaqtinchalik boshpana ochgan.
Shu bilan birga, Makron hukumati uysizlarning Parijdan olib
chiqilishi Olimpiada bilan bogʻliqligini rad etadi. Biroq ismini oshkor etmagan
hukumat uy-joy xizmati xodimining NYT ga aytishicha, kampaniyadan maqsad aynan “Olimpiada oʻtkaziladigan
joylarga yaqin hududlarda koʻchadagi odamlarni aniqlash” va ularni Oʻyinlar oldidan
boshqa joyga koʻchirishdir.