FSB markaziy osiyolik shaxsning pravoslav cherkoviga hujumiga chek qoʻyilganini maʻʻlum qildi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) RF tarkibidagi Adigeya Respublikasining Maykop shahrida joylashgan pravoslav cherkoviga Markaziy Osiyo davlatlaridan birining fuqarosi hujum uyushtirishni rejalashtirganini maʻʻlum qildi. Uning hujum rejasini ishlab chiqqani, hududda razvedka ishlarini olib borgani va zarur jihozlarni sotib olib, qoʻlbola yondiruvchi moslama yasagani maʻʻlum qilindi.
Rossiya
Federatsiyasi FSB Adigeya Respublikasining Maykop shahridagi pravoslav cherkovida
sodir etilgan teraktning oldini olish haqida xabar berdi.
Rossiya
departamenti teraktni Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlaridan birida tugʻilgan
shaxs amalga oshirishga tayyorlaganini qayd etdi.
“Terrorchi
Maykop shahridagi diniy muassasaga (pravoslav cherkovi) hujum uyushtirish hamda uning
ruhoniylari va soqchilarini oʻldirish bilan birga, binoga oʻt qoʻyishni
rejalashtirgan,
hududda razvedka ishlari olib borgan, hujum rejasini tuzgan, zarur komponentlarni sotib olgan
va qoʻlbola
yondiruvchi vositani yasagan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, teraktdan keyin jangari xorijda yashirinishni rejalashtirgan.
Taʻʻkidlash joizki, Rossiya maxsus xizmatlari tomonidan
soʻnggi vaqtlarda Markaziy Osiyodan kelgan mehnat muhojirlaridan oʻz gʻarazli
maqsadlarida foydalanish (xususan, Ukrainadagi urushga jalb qilish uchun
majburlovchi choralar koʻrish), shuningdek, ularni yomonotliq qilish, mamlakatda
ksenofobiya va millatchilik kayfiyatini kuchaytirish borasidagi harakatlarini
faollashtirgan. Bu kabi xabarlarning haqiqatga qay darajada yaqinligi maʻʻlum
emas. Shunday ekan, ayni paytda Rossiya hududida ishlab yurgan va yaqin vaqtlar
ichida ushbu davlatga borishni rejalashtirgan yurtdoshlarimizga mavjud vaziyatni
hisobga olgan holda barcha ehtiyot choralarini koʻrish, imkon qadar safarini bekor
qilib, boshqa muqobil rejalarni ishlab chiqishlarini tavsiya qilamiz.