Xitoyda bir haftada 40 ta bank yopildi
Xitoyda kreditga asoslangan rivojlanish nihoyat oʻsishda toʻxtab, mamlakat va jahon iqtisodi uchun jiddiy xavfga aylanib bormoqda. Mamlakatda bir haftaning oʻzida 40 ta bank yopildi, yana 3800 ta moliya muassasasi bankrotlik yoqasida. Ularning aksariyati ishlab chiqaruvchilar va mahalliy hukumatlarga qarz bergan.
Xitoyning bank sektori jiddiy inqirozni boshidan kechirmoqda.
Bir hafta ichida 40 ta bank faoliyatini
toʻxtatdi va Jiangxi Bank of China bankining qulashi bu sektordagi murakkab
vaziyatni yanada kuchaytirdi. Mutaxassislar holat jahon iqtisodiyoti uchun ham jiddiy
oqibatlarga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Renminbao
portali bankrotlik haqidagi mish-mishlardan xavotirga tushgan mijozlar Jiangxi
Bank of China bankiga bostirib kirganini maʻʻlum qildi. Bank avvalroq mijozlar
toʻlovlari bilan bogʻliq muammolar tufayli foydasi 30 foizga kamayishi mumkinligi
haqida xabar bergan edi.
The
Economist nashrining qayd etilishicha, Xitoyda 3800 ga yaqin bank bankrotlik
yoqasida. Ularning umumiy aktivlari 5,7 trln dollar yoki mamlakat bank tizimining
13 foizini tashkil etadi. Jurnal ushbu banklar uzoq vaqt davomida notoʻgʻri
boshqarilgani, juda koʻp muammoli kreditlar toʻplaganini taʻʻkidlaydi.
Maqolada
aytilishicha, ularning aksariyati ishlab chiqaruvchilar va mahalliy hukumatlarga qarz
berib, koʻchmas mulk inqiroziga duchor boʻlgan. Mualliflarning taʻʻkidlashicha, soʻnggi
yillarda baʻʻzi banklar oʻz portfellarining 40 foizi muammoli kreditlardan iborat
ekanligini aniqlagan.
“Kreditlarga
asoslangan oʻsish yillari nihoyat oʻz nihoyasiga etdi va Xitoyda oʻsish surʻʻatlarining
pastlashishi hamda jahon iqtisodiyotiga salbiy taʻʻsiri buning natijalari boʻladi. Xitoy
iqtisodiyoti oʻsishining sekinlashishi, oʻz navbatida, ulardagi bank muammolarini
yanada ogʻirlashtiradi”, — deya ogohlantiradi The Economist suhbatdoshi.
Xitoyning
koʻplab shaharlari va hatto butun mintaqalari qarzga botib ketmoqda. Majburiyatlar
shunchalik kattaki, mahalliy hukumat amaldorlari bahorda Pekinga elchi yuborgan.
Toʻlanmagan qarzlar tobora ogʻirlashib mintaqa iqtisodiyotiga va milliy iqtisodiy
oʻsishga tahdid solmoqda.
Xitoy
shaharlarini choʻktirayotgan qarzlar, birinchi navbatda, koʻchmas mulk inqirozi va
pandemiya oqibatlaridir.