12.07.2024 09:30

Marokash Isroildan 1 mlrd dollarga josuslik sunʻʻiy yoʻldoshini sotib oladi

Marokash Isroil aerokosmik kontsernidan 1 mlrd dollarga aygʻoqchi sunʻʻiy yoʻldosh sotib olishni rejalashtirmoqda. Frantsuz nashrlari kelishuv oʻtgan yozda, Isroil Gʻazoga bostirib kirishidan avval tuzilganini taxmin qilmoqda. Biroq Rabot davom etayotgan mojaroga qaramay, kelishuvni bekor qilmagan. Avvalroq Marokash Ispaniyadan yoqilgʻi va oziq-ovqat gʻamlash soʻroviga rad javobini olgan Isroil harbiy kemasiga oʻz bagʻrini ochgan edi.

Marokash Isroil aerokosmik kontsernidan (IAI) 1 mlrd dollarga aygʻoqchi sunʻʻiy yoʻldosh sotib olishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Marokash matbuoti.

9 iyulʻ kuni Isroilning IAI davlat kompaniyasi oʻz tizimlaridan birini nomi oshkor etilmagan uchinchi tomonga etkazib berish boʻyicha shartnoma tuzganini maʻʻlum qildi. Le Desk va Le 360 ​​yangiliklar saytlari Rabotdagi manbalarga tayanib, ushbu mamlakatning Marokash ekanligini xabar qildi.

IAI Gʻazo bosqinida foydalanilayotgan Isroil dronlarini ham ishlab chiqaradi. Shu sababli, Marokash va kompaniya oʻrtasidagi shartnomani boshqacha talqin qilib boʻlmaydi va arab mamlakatlarida gʻazab boʻroniga sabab boʻldi. Shu bilan birga, frantsuz nashrlari kelishuv oʻtgan yozda, Isroil Gʻazoga bostirib kirishidan avval tuzilganini taxmin qilmoqda. Biroq Rabot davom etayotgan mojaroga qaramay, kelishuvni bekor qilmagan.

Marokash yoki Isroildan bu maʻʻlumotni hali hech qanday rasmiy tasdiq ham, rad ham etgani yoʻq.

Ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy va siyosiy hamkorlik Marokash va Isroil 2020 yilgi Ibrohim kelishuvi boʻyicha diplomatik munosabatlarni normallashtirganidan soʻng kuchaydi.

Stokgolʻm xalqaro tinchlik tadqiqot instituti tomonidan olib borilgan global tahlil shuni koʻrsatdiki, 2019-2023 yillarda Isroil Marokashning uchinchi yirik import manbai boʻlib, Shimoliy Afrika mamlakatining umumiy importining 11 foizini etkazib berdi. Oʻz navbatida, 2024 yilning dastlabki besh oyida Marokashdan Isroilga import 7,4 mln dollarni tashkil etdi, 2023 yilning shu davrida bu koʻrsatkich 8,6 mln dollar boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQShga suzayotgan va Ispaniyadan yoqilgʻi va oziq-ovqat gʻamlash soʻroviga rad javobini olgan Isroil harbiy kemasiga Marokash oʻz bagʻrini ochgan edi.