12.07.2024 11:30

Evropa aholisi muhojir va qochqinlar hisobiga koʻpaymoqda

Oʻlimlar soni tugʻilishlar sonidan oshib ketgan Evropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi 2023 yilda migratsiya hisobiga koʻpaydi. Oʻtgan yil davomida umumiy aholi soni 447,6 milliondan 449,2 million kishiga oshgan.

Oʻlimlar soni tugʻilishlar sonidan oshib ketgan Evropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi 2023 yilda migratsiya hisobiga koʻpaydi. Oʻtgan yil davomida umumiy aholi soni 447,6 milliondan 449,2 million kishiga oshgan. Buni Evropa Ittifoqining payshanba kuni eʻʻlon qilingan maʻʻlumotlari tasdiqlamoqda.

Eurostat maʻʻlumotlariga koʻra, Evropa Ittifoqining 20 ta davlatida aholi soni kamaygan, ettita davlatda esa koʻpaygan. Aholi sonining eng koʻp kamayishi Italiyada (-179 419 kishi), eng koʻp oʻsishi Germaniyada (1,12 million kishi) qayd etilgan.

Evropada 2012 yildan buyon tugʻilish darajasi salbiy yoki turgʻun holatda davom etib kelayotgan edi. COVID-19 pandemiyasi taʻʻsiri tufayli 2020 va 2021 yillarda pasayish kuzatilgan boʻlsa, keyingi ikki yilda koʻpaymoqda.

Migratsiya, jumladan, Rossiya bosqinidan qochgan ukrainalik qochqinlarni ham oʻz ichiga oladi, deyiladi Eurostat bayonotida. 2023 yil mart oyi holatiga koʻra, Ukrainadan 4 millionga yaqin odam EIdan vaqtinchalik boshpana soʻrab murojaat qilgan.

Koʻpgina Evropa davlatlari umr koʻrish davomiyligi oshishi sababli aholining qarishini boshdan kechirmoqda.

 

Mavzuga aloqador