-
Bangladeshning sobiq bosh vaziri Shayx Hasina va 6 nafar sobiq amaldorlarga nisbatan namoyishlar vaqtida Dakkada oziq-ovqat doʻkoni egasining oʻlimida ayblanib jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Mamlakatda Hasina maʻʻmuriyatining davlat xizmatiga kvota ajratish qaroriga qarshi namoyishlarda 600 ga yaqin fuqaro halok boʻlgan.
-
Pokiston harbiylari Afgʻonistonning chegaradon Torxam shahrini minomyotlar bilan oʻqqa tutdi. Natijada ona va uning bolasi halok boʻldi, yana bir kishi jarohatlandi. Hujumga javoban “Tolibon” ham Pokistonning chegaradagi postlarini bombardimon qildi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 312 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Mʻyanma gʻarbidagi Rahin shtatida harbiylar va isyonchi Arakan armiyasi oʻrtasida avj olayotgan toʻqnashuvlarda mahalliy rohinja musulmonlari qurbon boʻlmoqda. Ularning bir qismi, jumladan, oskolʻka va oʻq jarohatini olgan yaradorlar qoʻshni Bangladeshga qochib oʻtdi.
-
AQSh Okean va Atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) dushanba kuni eʻʻlon qilgan hisobotga koʻra, iyulʻ oyi rekord darajadagi eng issiq boʻldi. Shuningdek, global harorat ketma-ket 14-oydirki rekord darajadagi koʻrsatkichlarni qayd etmoqda.
-
Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboevning jiyani Qayrat Satibaldi (Satibaldiuli) ikki yil ichida 32,8 milliard tenge yoki 1,6 milliard dollardan ortiq noqonuniy sotib olingan mol-mulkini davlatga qaytardi.
-
Boku İran İnternational, Kan va The Telegraph kabi xorijiy OAVlar tarqatgan Ozarbayjon hududida Isroil qoʻshinlari mavjudligi haqida xabarlarni rad etdi. Ozarbayjon hududida hech qanday xorijiy davlatning harbiy kuchlari mavjud emasligini maʻʻlum qilamiz va bu borada yolgʻon maʻʻlumotlarga asoslangan axborot manipulyatsiyasini keskin qoralaymiz”, - deyiladi bayonotda.
-
Ukraina armiyasi bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy ilk bor ukrain qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi amaliyotiga izoh berdi. “Ayni paytda Rossiya Federatsiyasining 1000 kv. km. ga yaqin maydoni nazoratimiz ostida”, - dedi u.
-
Turkiyaning Eskishehir shahrida fashistlarning ramzini taqib olgan niqobli yigit masjid hovlisidagi odamlarga boltacha va pichoq bilan hujum qildi. Hodisada 7 kishi jarohatlandi. Hujumchi politsiya tomonidan qoʻlga olindi.
-
Shimoliy Irlandiya politsiyasi Doun grafligidagi masjidga hujum qilgan islomofob jangari shaxsni aniqlab, hibsga oldi. U asosan bangladeshliklar boradigan masjid binosiga molotov kokteylini uloqtirgan, biroq moʻʻʻjizaviy tarzda yongʻin chiqmagan.