07.10.2024 10:22

Isroil Gʻazoda bir yil ichida uyushtirgan eng qonli 11 qirgʻin

 

Isroil AQSh va qator Evropa mamlakatlari koʻmagida 2023 yil 7 oktyabrdan beri Gʻazoda genotsid sodir etmoqda. Odamlar boshpana sifatida foydalanayotgan tibbiyot va taʻʻlim muassasalariga zarbalar berilmoqda, fuqarolik infratuzilmasi vayron qilinmoqda.

Isroilning qatliomlari natijasida bir yil ichida 41 802 kishi, jumladan 17 mingdan ziyod bola va 11 378 ayol halok boʻldi. Falastin anklavining yana 96 844 nafar aholisi jarohatlangan.

Isroil tomonidan Gʻazo sektorida sodir etilgan 11 ta qirgʻin:

1. Al-Mavasida tinch aholiga qarshi ommaviy qirgʻin

10 sentyabrʻ kuni Isroil armiyasi avvalroq “xavfsiz hudud” deb eʻʻlon qilingan Al-Mavasi hududiga yirik hujum uyushtirdi.

10 sentyabrga oʻtar kechasi samolyotlar uyqudagi koʻchirilganlarning ustiga qariyb bir tonnalik uchta MK-84 bombasini tashladi. Oqibatda 20 ga yaqin chodir va u erda boʻlgan oilalar bir necha metr chuqurlikdagi uchta kraterga koʻmildi.

Hujum oqibatida 40 nafar falastinlik halok boʻldi, yana 60 kishi yaralandi.

2. At-Tabiin maktabida tinch aholiga qarshi ommaviy qirgʻin

10 avgust kuni Isroil havo kuchlari bomdod namozi vaqtida At-Tabiin maktabiga hujum qildi.

Hujum oqibatida kamida 100 kishi, jumladan, bolalar va ayollar halok boʻldi, oʻnlab kishilar yaralandi.

3. Al-Mavasida tinch aholiga qarshi ommaviy qirgʻin

13 iyulʻ kuni Isroil armiyasi avvalroq “xavfsiz hudud” deb eʻʻlon qilingan Xon Yunis shahri yaqinidagi Al-Mavasi hududida dahshatli hujum uyushtirdi.

Hujum oqibatida 90 ga yaqin odam, asosan, bolalar va ayollar halok boʻldi, yana 300 kishi yaralandi.

4. Nusayrat qochqinlar lagerida tinch aholiga qarshi ommaviy qirgʻin

Isroil armiyasi tomonidan Nuseyrat qochqinlar lagerida amalga oshirilgan qonli qirgʻinda 64 nafar bola, 57 nafar ayol, jami 274 nafar Falastinlik halok boʻldi, yana 698 nafar falastinlik yaralandi.

Isroil harbiylari 89 ta uyni va odamlar joylashgan bir binoni bombardimon qildi.

5. Rafahda tinch aholiga qarshi ommaviy qirgʻin

Isroil armiyasi 26 may kuni Gʻazo sektoridagi Rafah shahrida koʻchirilgan falastinliklarning chodirlariga zarba berishi oqibatida 45 kishi halok boʻldi.

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, Isroil samolyotlari lagerga kamida sakkizta raketa bilan zarba bergan.

6. Al-Shifa kasalxonasida tinch aholiga qarshi ommaviy qirgʻin

Isroil kuchlari 2024 yilning 8 martidan 1 apreliga qadar Gʻazo shahridagi Al-Shifa kasalxonasi va uning atrofida ikki haftalik qamal paytida 400 nafar falastinlikni oʻldirdi.

Isroil qoʻshinlari olib chiqib ketilgandan soʻng shifoxona majmuasida uchta ommaviy qabr topildi.

7. Nabulsiy maydonida tinch aholiga qarshi ommaviy qirgʻin

2024 yil 29 fevralʻ kuni Isroil armiyasi Rashid koʻchasidagi Nabulsiy maydonida gumanitar yordam kutayotgan falastinliklarga hujum qildi. 118 kishi isroilliklarning qonli qirgʻini qurboni boʻldi, yana 760 falastinlik yaralandi.

8. Al-Faxur maktabida tinch aholiga qarshi ommaviy qirgʻin

2023 yil 18 noyabrda Isroil armiyasi Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya qochqinlar lageridagi Al-Faxur maktabini bombardimon qildi.

Isroil hujumi oqibatida 200 dan ortiq odam halok boʻldi yoki yaralandi, maktab koridorlarida qolgan jasadlarni olishda qiyinchiliklar yuzaga keldi.

9. Jabaliyada tinch aholiga qarshi ommaviy qirgʻin

2023 yil 31 oktyabrda Isroil samolyotlari Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya qochqinlar lageridagi aholi zich joylashgan turar-joy hududiga zarba berdi.

Natijada minglab falastinliklar, asosan bolalar va ayollar halok boʻldi, yaralandi.

10. Aziz Porfiriy cherkovida tinch aholiga qarshi ommaviy qirgʻin

2023 yil 20 oktyabrda Gʻazodagi Avliyo Porfiriy pravoslav cherkovi Isroil armiyasining qonli hujumi nishoniga aylandi. Natijada 20 kishi, jumladan 18 nasroniy halok boʻldi.

Isroil hujumlari tufayli yuzlab nasroniylar va musulmonlar Gʻazodagi 425 yilda qurilgan Avliyo Porfiriy pravoslav cherkovidan panoh topgan edi.

11. Al-Ahli Baptistlar kasalxonasida tinch aholiga qarshi ommaviy qirgʻin

Isroil havo kuchlari 2023 yil 17 oktyabrʻ kuni Gʻazo shahridagi Al-Ahli Baptistlar kasalxonasiga zarba berib, 500 dan ortiq falastinlikni, asosan ayollar va bolalarni oʻldirdi.

Mavzuga aloqador