12.08.2024 20:06

Irlandiyada masjidga oʻt qoʻymoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

 

 

Shimoliy Irlandiya politsiyasi Doun grafligidagi masjidga hujum qilgan islomofob jangari shaxsni aniqlab, hibsga oldi, deya xabar qildi Belfast Telegraph.

42 yoshli irlandiyalik asosan Bangladesh diasporasi tashrif buyuradigan masjidga hujum qilganlikda gumonlanib hibsga olindi. Shanba kuni ertalab masjid binosiga hujum qilgan shaxs molotov kokteylini uloqtirgan, biroq moʻʻʻjizaviy tarzda yongʻin chiqmagan. Hujum oqibatlarini bomdod namoziga kelgan dindorlar tomonidan aniqlangan.

“42 yoshli erkak jinoyatlar, jumladan, oʻt qoʻyish, portlovchi moslamani saqlash va qoʻrqitishga urinishda gumonlanib hibsga olindi. U hibsda qolmoqda”, — dedi politsiya vakili.

Oilasining 4 avlodi ushbu masjidga tashrif buyurgan muqimlardan Abdulrobning soʻzlariga koʻra, mahalliy aholi sodir boʻlgan voqeaga katta hamdardlik bilan munosabatda boʻlishgan va musulmon jamiyatiga yordam koʻrsatishgan.

"Mahalliy aholining hammasi sodir boʻlganidan afsusda ekanliklarini aytishdi, ular bizga gullar, pirog, pechenʻe va boshqa koʻp narsalarni olib kelishmoqda", - dedi musulmon.

Mavzuga aloqador