13.08.2024 13:35
596

Bombalanayotgan Gʻazo: 312-kunning asosiy voqealari

Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 312 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.

️Bosqinchilar Rafah, Xon Yunis, Bureyj va Magʻozi lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 42 kishi halok boʻldi.

️Iordan daryosining gʻarbiy sohilida bosqinchilar 18 yoshli Tarek Doudni oʻldirishdi, u avvalroq almashinuv doirasida qoʻyib yuborilgan, shundan soʻng Al-Qassam safiga qoʻshilgan.

️Jenin, Nablus, Ramallah, Xalil va Tulkarmga hujum ikkinchi kundirki davom etmoqda. 2 bosqinchi yaralangan. Oʻnlab odamlar, jumladan, Xalq fronti etakchisi hibsga olingan.

️Al-Qassam brigadalari Xon Yunis hududida bosqinchilar bilan shiddatli janglar olib bormoqda. Harbiylar otryadi minalangan maydonda portlatib yuborilgan.

️Hizbulloh: Hanita, Kafr Shuba, Al-Malikiya va Metulla aholi punktlarida bosqinchilarga hujum qildik, razvedka uskunalari va jihozlarini yoʻq qildik.

️Husiylar: Amerika-Britaniya samolyotlari Xodeyda mintaqasidagi Kamaran oroliga hujum qildi.

️Bugun BMT Xavfsizlik Kengashi Isroilning 100 kishi halok boʻlgan Al-Tabain maktabiga uyushtirgan hujumi yuzasidan favqulodda yigʻilish oʻtkazadi.

️BMT: Shu oy boshidan beri Isroil Gʻazoga barcha yordam missiyalarining uchdan biriga ruxsat berishdan bosh tortdi.

️Yamanda Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Ansorulloh harakati Ahmad Gʻolib ar-Rahviy raisligida 22 vazirdan iborat yangi hukumat tuzilganini eʻʻlon qildi.

️Isroil armiyasining 100 ga yaqin zaxiradagi zobitlari Bosh shtab boshligʻi Gertsi Xaleviga maktub yoʻllab, Gʻazodagi vaziyat gʻalabadan ancha uzoqligini maʻʻlum qilishdi.

Mavzuga aloqador