-
Turkiyaning Bamakodagi elchisi Efe Jeylan boshchiligidagi turk delegatsiyasi Mali Bosh shtab rahbari general Umar Diarra bilan uchrashdi. Uchrashuvda Turkiya harbiy delegatsiyasi Mali hukumatiga terrorchi guruhlarga qarshi kurashda harbiy yordam koʻrsatishni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.
-
Rossiyadagi “Vatandosh” oʻzbek jamiyati rahbari Usmon Baratov toʻrt yil muddatga qamaldi. U yanvarʻ oyida Rossiyada tuxum narxi oshgani haqidagi xabarlardan soʻng “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasiga tovuqlar suratini joylashtirib, «Tuxum boʻlishi uchun xoʻrozlarni urushdan qaytaring» degan mazmunda izoh qoldirgan edi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 311 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
1 iyulʻ holatiga koʻra, Tojikistonga xorijiy kapital oqimi 1,95 mlrd dollarni tashkil etdi, bu oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 45,9 foizga koʻpdir. Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 153,9 mln dollarni tashkil etdi
-
Evropada eng yirik hisoblangan Zaporojʻe AES hududida yongʻin sodir boʻldi. Rossiya va Ukraina tomoni bir-birini ayblamoqda, shu bilan birga, yongʻin radiatsiyaviy xavfsizlikka taʻʻsir qilmaganini tan olishmoqda. Shunday boʻlsa-da, MAGATE bu kabi hodisalarning ehtimoliy xatari katta boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi.
-
Oʻzbekistonda yana bir diniy oliy taʻʻlim muassasasi – Imom Termiziy nomidagi islom instituti Oʻzbekiston Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Taʻʻlim muassasasida oʻqish muddati 4 yil boʻlib, bakalavr darajasidagi oliy diniy maʻʻlumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili boʻyicha mutaxassislar tayyorlanadi.
-
Iyulʻ oyi oxirlaridan buyon Yamanda kuzatilayogan kuchli yomgʻir va suv toshqinlari sababli hayotdan koʻz yumganlar soni 61 nafarga etdi. Ularning katta qismi ichki urushlar natijasida koʻchirilgan fuqarolardir. Yaman hukumati xalqaro hamjamiyatdan suv toshqinlari qurbonlariga insonparvarlik yordami ajratilishini soʻradi.
-
Ukraina qoʻshinlari 6 avgust kuni Rossiyaning Kursk viloyatiga bostirib kirganidan buyon 200 dan ortiq kishi bedarak yoʻqoldi. Ularning yaqinlari va tanishlari turli ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, “Lisa Alert” qidiruv guruhiga murojaat qilgan. Belgorod, Bryansk va Kursk viloyatlarida aksilterror operatsiyalari oʻtkazilishi belgilandi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 309 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Eronda bir kunda 29 kishi, jumladan, Kerej shahridagi qamoqxonada 26 kishi guruh boʻlib qatl qilingani aytilmoqda. Ular orasida qotillik, giyohvandlik va zoʻrlashda ayblangan ikki nafar Afgʻoniston fuqarosi ham bor.