Pokiston Afgʻonistonning chegaradagi qishloqlariga hujumi uyushtirdi: 2 kishi halok boʻldi
Pokiston harbiylari Afgʻonistonning chegaradon Torxam shahrini minomyotlar bilan oʻqqa tutdi. Natijada ona va uning bolasi halok boʻldi, yana bir kishi jarohatlandi. Hujumga javoban “Tolibon” ham Pokistonning chegaradagi postlarini bombardimon qildi.
Afgʻoniston-Pokiston
chegarasida «Tolibon» harakati aʻʻzolari va pokistonlik harbiylar oʻrtasidagi
toʻqnashuvlar natijasida ikki kishi halok boʻldi, bir kishi yaralandi. Bu
haqda Etilaatroz gazetasi manbasiga tayanib xabar berdi.
Nashr
maʻʻlumotlariga koʻra, Afgʻonistonning Torxam shahri chegarasida Pokistondan otilgan
minomyot snaryadining
turar-joy binosiga tushishi natijasida ikki nafar tinch aholi – ona va bola halok boʻlgan.
Avvalroq gazeta Tolibon va Pokiston qurolli kuchlari
oʻrtasidagi toʻqnashuvlar sababli chegaradagi Torxam nazorat-oʻtkazish punkti
yopilgani haqida xabar bergan edi. Nashrning yozishicha, Pokiston armiyasi Tolibon
nishonlariga oʻt ochgan. Hujum
ortidan Afgʻoniston Islom Amirligiga aloqador armiya kuchlari Pokistonning
chegaradagi postlarini bombardimon qildi, toʻqnashuvlar hamon davom etmoqda.
Tolibon va Pokiston hukumati vakillari voqea yuzasidan izoh
bergani yoʻq.