07.10.2024 08:07

Ekzitpol: Qozogʻistonliklar AES qurilishi uchun rozi boʻldi

Qozogʻistonda atom elektr stantsiyasi qurilishi boʻyicha oʻtkazilgan referendum davomida turli ijtimoiy tadqiqot institutlari tomonidan ekzitpol oʻtkazildi. Unda aksariyat qozogʻistonliklar oʻz yurtida AES qurilishini yoqlab ovoz berganini maʻʻlum qilgan. Yakuniy natijalar esa 7 kun ichida eʻʻlon qilinadi.

6 oktyabrʻ kuni Qozogʻistonda atom elektr stantsiyasini (AES) qurish boʻyicha referendum boʻlib oʻtdi. Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, saylovchilarning 63,87 foizi qatnashgan. Markaziy kommunikatsiyalar xizmati saytida ekzitpol (exit poll) natijalari eʻʻlon qilindi.

Ostona (ISSI «SOSIS-A») keng qamrovli ijtimoiy tadqiqotlar instituti tomonidan oʻtkazilgan ekzitpol natijalariga koʻra, soʻrovda qatnashgan saylovchilarning 69,8 foizi Qozogʻistonda AES qurilishini yoqlab ovoz bergan, 30,2 foizi esa bunga rozi emas.

Xususiy fond tahlilchisi Alibek Tajibaevning aytishicha, uzluksiz oqim metodologiyasidan foydalangan holda Qozogʻistondagi 189 ta saylov uchastkasida 283 519 nafar fuqaro ovoz bergan. Ular referendum doirasida qoʻyilgan “Siz Qozogʻistonda atom elektr stantsiyasi qurilishiga rozimisiz?” degan savolga javob berishgan.

Exkzitpol natijalari quyidagicha: ovoz berishda ishtirok etgan soʻrovda qatnashgan fuqarolarning 69,8 foizi AES qurilishi uchun «maʻʻqul» ovoz berishini aytdi. Soʻrov ishtirokchilarining 30,2 foizi oʻz noroziligini bildirgan. Saylov uchastkalarida saylovchilarning 67,3 foizi ishtirok etdi. Maʻʻlumotlarning sotsiologik xatosi ± 1,5 foizni tashkil etadi”, - deydi Alibek Tojibaev.

Evroosiyo integratsiyasi instituti ham Zakon.kz sayti buyurtmasi bilan tadqiqot oʻtkazdi. Tadqiqot 250 ta obʻʻektni qamrab oldi, ulardan 159 tasi shaharlarda, 91 tasi qishloqlarda. 30 546 kishi soʻrovda qatnashdi. Tadqiqot natijalarining xatosi 1% dan oshmaydi. Ushbu ekzitpol natijalariga koʻra, Qozogʻistonda AES qurilishi uchun 71,8 foiz ishtirokchilar «maʻʻqul» deb ovoz bergan boʻlsa, 28,2 foizi qarshi ovoz bergan.

«Amanat» partiyasi Jamoatchilik siyosati instituti ekzitpoli maʻʻlumotlariga koʻra, 300 ta saylov uchastkasida fuqarolarning 72,3 foizi AES qurilishini yoqlab, 27,7 foizi esa qarshi ovoz bergan. Soʻrovda 44160 kishi ishtirok etdi.

Mamlakat Markaziy saylov komissiyasi ovoz berish uchun 12 million 244 ming 683 nafar fuqaroni roʻyxatga olgan.

Dastlabki maʻʻlumotlarga qaraganda, ovoz berish huquqiga ega 7 820 918 nafar qozogʻistonlik (elektoratning 63,87 foizi) konstitutsiyaviy huquqidan foydalandi.

Qozogʻiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi maʻʻlumotlariga koʻra, xorijdagi referendum oʻtkazuvchi 74 ta uchastka komissiyalarining barchasi oʻz ishini yakunlagan. 59 davlatda ovoz bergan Qozogʻiston fuqarolarining umumiy soni 9976 kishini tashkil etdi.

Referendumning yakuniy natijalari 7 kun ichida eʻʻlon qilinadi.

 

Mavzuga aloqador