Ukraina armiyasi bosh qoʻmondoni: Rossiyaning 1000 kv. km. maydonini qoʻlga kiritdik
Ukraina
armiyasi bosh qoʻmondoni Aleksandr Sirskiy ilk bor ukrain qurolli kuchlarining
Kursk viloyatidagi amaliyotiga izoh berdi. “Ayni paytda Rossiya Federatsiyasining
1000 kv. km. ga yaqin maydoni nazoratimiz ostida”, - dedi u.
Ukraina
prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram-kanalida Ukraina Qurolli kuchlari bosh
qoʻmondoni Aleksandr Sirskiyning videoaloqa orqali qilgan hisobotidan parcha eʻʻlon qildi.
“Ayni
paytda Rossiya Federatsiyasining 1000 kv. km. ga yaqin maydoni nazoratimiz ostida”,
- dedi Sirskiy.
"Biz
Rossiyaning Putin davrida qanday harakat qilayotganini koʻrmoqdamiz: 24 yil oldingi
Kursk falokati - uning hukmronligining ramziy boshlanishi va bularning barchasi qanday
yakunlanayotganini koʻrmoqdamiz", - deya 24 yil muqaddam choʻkib ketgan “Kursk”
atom suv osti kemasiga ishora qildi Zelenskiy.
Ukraina
prezidenti "Rossiya boshqalarga olib kelgan urush endi vataniga
qaytmoqda", deb taʻʻkidladi. Uning qayd etishicha, Ukraina Qurolli kuchlari
aynan Kursk viloyatining Sumi oʻqqa tutilgan hududlarini nazoratga olgan.
“Bugungi kun va 1 iyundan buyon bu Sumi viloyati hududiga qariyb 2100 ta hujum
uyushtirdi, shuning uchun operatsiyalarimiz faqat Ukraina uchun xavfsizlik, chegara
hududini rossiyalik harbiylardan ozod qilish masalasidir”, - dedi Zelenskiy.
Oʻz
navbatida, Urushni oʻrganish boʻyicha Amerika instituti (ISW) tahlilchilari Aleksandr
Sirskiyning Ukraina armiyasi 1000 kv. km. Rossiya hududini nazorat qilayotgani
haqidagi bayonotining toʻgʻriligiga shubha bildirishdi.
"ISW
Ukraina kuchlari taxminan 800 kvadrat kilometr oldinga oʻtgani haqidagi
bayonotlarni koʻrdi, ammo ISW Ukraina kuchlari Ukrainaning maksimal darajada
ilgari surilgan barcha hududlarni nazorat qilishiga ishonmaydi", - deyiladi
xulosada.
Avvalroq,
dushanba kuni Ukraina qoʻshinlari kirib borgan Rossiyaning Kursk viloyati
gubernatori vazifasini bajaruvchisi Aleksey Smirnov ukrain Qurolli kuchlari 480
kv. km. metr maydonni hamda hududdagi 28 ta aholi manzilini nazorat
qilayotganini bildirgan edi. Uning maʻʻlumotlariga koʻra, ukrain qoʻshinlari
mamlakat ichkarisiga qarab 12 km, kengligi 40 km boʻlgan hududlarni bosib olgan.
Ukrainaning
DeepState loyihasi esa Rossiyaning 44 ta aholi manzili Ukraina Qurolli kuchlari
nazorati ostida ekanligini yozdi.