-
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mpox – maymunchechak infektsiyasi tarqalishini jahon miqyosida favqulodda holat deb eʻʻlon qildi. Yil boshidan buyon Afrikaning 18 ta davlatida 15 mingdan ortiq holat, 461 ta oʻlim qayd etilgan. JSST infektsiya boshqa qitʻʻalarga ham tarqalishidan xavotirda.
-
Fitch mojaro 2025 yilgacha davom etishi, boshqa jabhalarda kengayishi, harbiy xarajatlar va qarz yuklarining yanada oshishiga olib kelishidan xavotirda. Agentlikning ogohlantirishicha, mojaro insoniy xarajatlardan tashqari, infratuzilma vayron boʻlishiga va uzoq muddatli iqtisodiy oqibatlarga, jumladan, sarmoya va sanoat faolligining pasayishiga olib kelishi mumkin.
-
Birinchidan, 7 oktyabrʻ hujumining meʻʻmorlaridan biri Yahyo Sinvarning hali hamon Gʻazoning turli qismida samarali kurash olib borayotganiga dalolat qiladi. Urush boshlanganiga bir yilga yaqinlashayotganiga qaramay, Isroil oʻzi va homiysi boʻlgan AQShning barcha ilgʻor harbiy, razvedka va josuslik qurollari bilan ham uni qoʻlga olib, oʻldira olmayapti. Bu Sinvar urush davrida HAMASni ichki va tashqi siyosatda boshqarishga qodir kuchli shaxs ekanini namoyon etadi – Xalqaro munosabatlar boʻyicha tadqiqotchi Mahmud Alluch maqolasida.
-
Britaniyada “Pride of Britain” (“Britaniya faxri”) mukofotiga sazovor boʻlgan etnik turkman ayolga 20 yoshlar atrofidagi 3 yigit hujum qilib, kaltaklagan, uni haqoratlab, “musulmon yurtiga qaytib ketish”ni talab qilgan. Ishbilarmon ayol Maya Amangeldieva Turkmanistonda tugʻilgan, biroq uzoq yillardan beri Britaniyada yashaydi.
-
Pentagon Rossiyaning NATO davlatiga hujum qilib, Amerikani Evropa himoyasiga tortishi, soʻngra Xitoy Vashingtonning chalgʻishidan foydalangan holda Tayvanga bostirib kirishi hamda shu vaqtda Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga hujum qilishi bilan bogʻliq ehtimoliy voqealar rivojini modellashtirmoqda. Shu munosabat bilan AQSh prezidenti Jo Bayden maʻʻmuriyati "oʻn yillik chuqur qisqartirishlardan" soʻng shay holatga keltirilgan yadroviy kuchlarni koʻpaytirishga tayyorgarlik koʻra boshladi.
-
Isroil Gʻazo sektorida bosqinchilik va qirgʻinbarot urushini boshlaganiga 313 kun boʻldi. 24 soat davomida Gʻazo sektori, Iordan daryosining Gʻarbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir boʻlgan asosiy voqealar.
-
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya mamlakat aeroportlarida AQSh va Britaniyada boʻlgani kabi, chet elliklardan barmoq izlari olinishi rejalashtirilayotganini maʻʻlum qildi. Shuningdek, u Turkiya immigratsiya siyosatiga kiritilayotgan oʻzgarishlar, xususan, yashash guvohnomasini olishdagi kutilayotgan oʻzgarishlar haqida ham maʻʻlumot berdi.
-
AQSh Davlat departamenti Isroilga 19 mlrd dollarlik F-15 samolyotlari va jihozlarini, shuningdek, taxminan 774 mln dollarlik tank oʻq-dorilari va 583 mln dollarlik harbiy mashinalarni sotishni maʻʻqulladi. Boeing kompaniyasi F-15 qiruvchilarini bir necha yil davomida ishlab chiqarib, etkazib beradi. Tank oʻq-dorilari esa zudlik bilan topshiriladi.
-
Falastin rahbari Mahmud Abbos Rossiyaga tashrif buyurib, RF prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Vladimir Putin uchrashuv chogʻida mintaqada uzoq muddatli, ishonchli, barqaror tinchlikni taʻʻminlash uchun BMTning barcha qarorlarini amalga oshirish va birinchi navbatda, toʻlaqonli Falastin davlatini yaratish zarurligini taʻʻkidladi. Oʻz navbatida, Mahmud Abbos Rossiya har doim qonun tarafida, haqiqat tarafida ekanligini va “Falastin xalqining eng aziz doʻstlaridan biri” ekanini aytdi.
-
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ukrain qoʻshinlari Rossiyaning Kursk viloyati hududidagi operatsiyasi davom etayotgani, 6 avgustdan buyon RF hududidagi 74 ta aholi manzilini oʻz nazoratiga olganini maʻʻlum qildi. Ukrain armiyasi maʻʻlumotlariga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Ukraina qurolli kuchlari turli yoʻnalishlarda 1 kilometrdan 3 kilometrgacha oldinga siljigan.