Boku mamlakatda Isroil qoʻshinlari borligini rad etdi
Boku İran
İnternational, Kan va The Telegraph kabi xorijiy OAVlar tarqatgan
Ozarbayjon hududida Isroil qoʻshinlari mavjudligi haqida xabarlarni rad etdi. Ozarbayjon
hududida hech qanday xorijiy davlatning harbiy kuchlari mavjud emasligini maʻʻlum
qilamiz va bu borada yolgʻon maʻʻlumotlarga asoslangan axborot manipulyatsiyasini
keskin qoralaymiz”, - deyiladi bayonotda.
Ozarbayjon ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish
agentligi (MEDİA) bir qator xorijiy OAVlarning mamlakatda Isroil qoʻshinlari
borligi haqidagi xabarlarini rad etdi. Agentlik
bayonotida bu maʻʻlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligi va jamoatchilik fikrini
chalgʻitishga qaratilganligi taʻʻkidlanadi.
“Sizlarga
Ozarbayjon hududida hech qanday xorijiy davlatning harbiy kuchlari mavjud
emasligini maʻʻlum qilamiz va bu borada yolgʻon maʻʻlumotlarga asoslangan axborot
manipulyatsiyasini keskin qoralaymiz”, - deyiladi bayonotda.
Agentlik İran
İnternational telekanali, The Telegraph nashri va Kan teleradiokompaniyasini
ishonchsiz maʻʻlumot manbalari sifatida tilga oldi. MEDİA xabariga koʻra, ushbu
ommaviy axborot vositalari Isroilning oʻz harbiy xizmatchilarining Ozarbayjonda
boʻlishini taqiqlagani haqida yolgʻon maʻʻlumot tarqatgan.
“Shu bilan
birga, biz yana bir bor ommaviy axborot vositalari qaysi davlatda faoliyat
yuritishidan qatʻʻi nazar, axborot tarqatishda jurnalistikaning umumeʻʻtirof etilgan
tamoyillariga amal qilishi shartligiga eʻʻtiborimizni qaratamiz”, — deyiladi
xabarda.
Agentlik
jamoatchilikni faqat rasmiy axborot manbalariga ishonishga, jurnalistlar va
ijtimoiy faollarni esa yolgʻon maʻʻlumotlar tarqalayotgan paytda hushyor boʻlishga
chaqirdi.
Avvalroq Kan
davlat teleradiokompaniyasi Isroil armiyasi Eron tomonidan hujumlar xavfi tufayli
oʻz harbiy xizmatchilarining Ozarbayjon va Gruziya hududida qolishini taqiqlagani
haqida xabar bergan edi. Aytilishicha, armiya rahbariyatining buyrugʻiga
koʻra, Janubiy Kavkazning ushbu ikki respublikasida joylashgan isroillik harbiy
xizmatchilar zudlik bilan Isroilga qaytishlari shart.
Aytilishicha, bu qarorga Gruziya va Ozarbayjonning Eronga
yaqinligi, ularning hududlarida eronliklar mavjudligi, shuningdek, Ozarbayjonning Eron bilan umumiy
chegarasi sabab boʻlgan.
Yaqin Sharqdagi vaziyat 31 iyulʻ kuni Tehronda HAMAS Siyosiy
byurosi raisi Ismoil Haniya suiqasd natijasida vafot etgani va Bayrutda Hizbulloh qoʻmondonlaridan
biri Fuad Shukrning oʻldirilishi ortidan yomonlashdi. Eron, HAMAS va Hizbulloh hujumlarda Isroilni
aybladi va javob qaytarishga vaʻʻda berdi.