13.08.2024 11:35

175 yil ichidagi eng issiq iyulʻ boʻldi

AQSh Okean va Atmosfera tadqiqotlari milliy boshqarmasi (NOAA) dushanba kuni eʻʻlon qilgan hisobotga koʻra, iyulʻ oyi rekord darajadagi eng issiq boʻldi. Shuningdek, global harorat ketma-ket 14-oydirki rekord darajadagi koʻrsatkichlarni qayd etmoqda.

Qayd etilishicha, iyulʻ oyida Er yuzasining oʻrtacha harorati XX asrdagi oʻrtacha haroratdan 1,21°C yuqori boʻlgan. Natijada NOAA kuzatuvlar olib borayotgan 175 yillik davr mobaynidagi eng issiq iyulʻ oyi boʻldi.

Afrika, Evropa va Osiyoda rekord darajadagi eng issiq, Shimoliy Amerikada esa ikkinchi eng issiq iyulʻ boʻldi, deyiladi hisobotda.

Misol uchun, Xitoyda 52,9°C, Sardiniyada 48,2°C, Jazoirda kechasi 39,6°C, Floridadagi dengiz suvi harorati esa 37,2°Cgacha koʻtarilgan.

Dunyo okeanidagi harorat ketma-ket 15 oydirki rekord darajada oshib, ikkinchi eng issiq harorat qayd etildi.

Hisobotda, shuningdek, Shimoliy yarim sharning qor qoplami va global okean muzlari darajasi oʻrtacha darajadan past boʻlgani hamda Antarktika muzligi ikkinchi marta eng kam hajmda qayd etilgani bildirildi.

Avvalgi issiqlik rekordi 2019 yilning iyulʻ oyida oʻrnatilgan boʻlib, oʻshanda oʻrtacha global harorat hozirgidan 0,2°S past edi.

Ushbu oʻzgarishlarning sababi qazilma yoqilgʻilarni yoqish va insonning boshqa faoliyatidir.

G20 va COP28 sammitlarida jahon etakchilari atmosferaga SO2 va metan chiqindilarini kamaytirishga muvaffaq boʻlishsa ham, hozir kuzatilayotgan issiq va ekstremal ob-havo sharoiti oʻnlab yillar davomida saqlanib qoladi.

Mavzuga aloqador