Turkiyada 18 yoshli yigit masjid hovlisida qatliom uyushtirdi
Turkiyaning Eskishehir shahrida fashistlarning ramzini taqib olgan niqobli yigit masjid hovlisidagi odamlarga boltacha va pichoq bilan hujum qildi. Hodisada 7 kishi jarohatlandi. Hujumchi politsiya tomonidan qoʻlga olindi.
Turkiyaning
Eskishehir shahrida fashistlarning ramzini taqib olgan niqobli oʻsmir masjid
hovlisidagi odamlarga boltacha va pichoq bilan hujum qildi. Hodisada 7 kishi
jarohatlandi, ulardan ikki nafarining ahvoli ogʻir.
Oʻz
qilmishlarini tana kamerasi orqali qayd etib borgan yigit politsiya tomonidan
qoʻlga olindi. Yigit hujumga qattiq tayyorgarlik koʻrgan, buning uchun maxsus
liboslar, dubulgʻa, koʻzoynak, niqob, sayohatchi boltachasi va pichoqlarini sotib
olgan, oʻzi uchun maxsus qoʻllanma tayyorlagan.
Qoʻllanmada
norvegiyalik Anders Breyvik (2011 yilda 77 kishini oʻldirgan), yangi zelandiyalik
Brenton Tarrant (2019 yil, 51 kishi), amerikalik Stiven Peddok (2017 yil, 60
kishi) va Timoti Makvey (1995 yil, 165 kishi) kabi ommaviy qotillarni “Zamonaning
Azizlari” deb atab, ularning qotilliklaridan ilhomlangan. Bu qotillarni “dunyoda
oʻnlab qoʻngʻizlardan tozalaganini” iddao qilgan oʻsmir oʻzining ham ular qatoriga
kirishini bildirgan.
Shuningdek,
uning qaydlarida eski rejasida:
- TKP (Turkiya
kommunistik partiyasi – tahr.) binosiga hujum qilish;
- Qochqinlarni
roʻyxatga olish markazini portlatib yuborish;
- Qochqinlarning
uylarini nishonga olish va ularning barchasini yoʻq qilish;
- LGBT
marshiga bomba tahdidi haqida xabar berish;
-Feministlarning
gaz bakiga shakar quyish;
-Mafkuraviy
dushmanlar, kommunistlar, markschi va antifashistlarni tozalash kabilar boʻlganini yozgan.