14.08.2024 10:30

AQSh Isroiga 20 mlrd dollardan ziyodga qurol-yarogʻ va harbiy texnikalar sotishni maʻʻqulladi

AQSh Davlat departamenti Isroilga 19 mlrd dollarlik F-15 samolyotlari va jihozlarini, shuningdek, taxminan 774 mln dollarlik tank oʻq-dorilari va 583 mln dollarlik harbiy mashinalarni sotishni maʻʻqulladi. Boeing kompaniyasi F-15 qiruvchilarini bir necha yil davomida ishlab chiqarib, etkazib beradi. Tank oʻq-dorilari esa zudlik bilan topshiriladi.

Pentagon bayonotida aytilishicha, Blinken taxminan 19 mlrd dollarga 50 dona F -15 samolyoti va jihozlarini sotishni maʻʻqullagan, u shuningdek, taxminan 774 mln dollarlik tank oʻq-dorilari va 583 mln dollarlik harbiy mashinalarni sotishni maʻʻqullagan.

AQSh Kongressiga yuborilgan bildirishnomaga koʻra, Boeing So. Kompaniyasining F-15 qiruvchi samolyotlari 18,25 milliard dollar turadi va 2029 yilda etkazib berilishi kerak. Bundan tashqari, Isroil Mudofaa vazirligi ham AQShdan 50 mingtagacha minomyot va harbiy transportlar sotib oladi.

Jarayon bilan tanish boʻlgan ekspertning aytishicha, baʻʻzi qurol-yarogʻlar 2026 yildan ertaroq ham etkazib berilishi mumkin.

"Qoʻshma Shtatlar Isroil xavfsizligiga sodiq boʻlib, Isroilga oʻzini himoya qilishga tayyor boʻlish qobiliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga yordam berish AQSh milliy manfaatlari uchun muhimdir", - deyiladi Pentagon bayonotida.

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant X ijtimoiy tarmogʻida Isroilning “mintaqadagi sifat jihatidan harbiy ustunligini” saqlab qolishga yordam bergani va AQShning Isroil xavfsizligiga sodiqligi uchun AQSh rasmiylariga minnatdorchilik bildirdi.

Gʻazo urushi boshlangan oktyabrʻ oyidan beri Isroilning eng yirik ittifoqchisi va qurol etkazib beruvchisi boʻlgan Qoʻshma Shtatlar Isroilga 10 mingdan ortiq kuchli qariyb 1 tonnalik bomba va minglab Hellfire (“Doʻzax otashi”) raketalarini berdi.

Isroilni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, urush oloviga tinimsiz moy sepib kelayotgan AQSh boshqa tomondan oʻzini tinchlik va yarashuv uchun kurashayotgan “qahramon” sifatida ham koʻrsatishga urinmoqda.

 

Mavzuga aloqador